“Innoprom-Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi mamlakatimiz charm-poyabzal sanoati vakillari uchun ham manfaatli muloqotlar maydoni va eksport kelishuvlari uchun qulay platforma boʻldi.
OʻZBEKISTON CHARM-POYABZAL SANOATINI RAQAMLASHTIRISH YOʻLIDA DASTLABKI QADAM
“Innoprom-Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi “Digital Holding” kompaniyasi bilan Oʻzbekiston charm-poyabzal sanoatini raqamlashtirish sohasida hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi memarandumni imzoladi.
CHEGARALAR OCHILISHI BILAN IMKONIYATLARGA YOʻL OCHILADI
“INNOPROM- Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi yengil sanoat boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
CHARM-POYABZAL VA MOʻYNACHILIK SANOATI YUZASIDAN OʻZBEKISTON VA BELARUS OʻRTASIDA MUNTAZAM TAJRIBA ALMASHISH AMALIYOTI YOʻLGA QOʻYILDI
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda Belarus yengil sanoat korxonalari assotsiatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda charm-poyabzal va moʻynachilik sanoatida oʻzaro tajriba almashishini nazarda tutadi.
“OʻZCHARMSANOAT” UYUSHMASIDA ISO 9001:2015 HALQARO SIFAT MENEJMENTI TIZIMI JORIY ETILDI
Yuqoridagi tadbirlar oʻz samarasi natijasida “Oʻzbek-Turk Test Markazi” QK tomonidan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 standarti boʻyicha halqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi.
OʻZBEKISTONDA MARKAZIY CHARM TADQIQOTI INSTITUTI OCHILADI
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Hindistonga amalga oshirgan biznes missiyasi doirasida CSIR – markaziy charm tadqiqoti institutida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokara boʻlib oʻtdi. CSIR yaqin kunlarda Oʻzbekistonda oʻzining yangi ilmiy-tadqiqot institutini ochishga qaror qildi.
BIZNING IMKONIYATLAR SIZNING MUVAFFAQQIYATINGIZ UCHUN
Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, gumanitar aloqalar yildan-yilga ortib bormoqda. Sanoatning charm-poyabzal va moʻynachilik tarmogʻida ham ikki davlat uchun yetarlicha imkoniyat va salohiyat mavjud.
HINDISTONDA MAMLAKATIMIZ CHARM-POYABZAL SANOATI TAQDIMOTI
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasining Hindistonlik investorlarga mamlakatimiz charm-poyabzal tarmogʻi salohiyatini yaqindan tanishirishga qaratilgan biznes-missiyasi oʻz faolitini boshladi. Dastlabki uchrashuvlar Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasida boʻlib oʻtdi.