oriy yil 20 avgustida Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan bo'lib o'tadigan mazkur muloqotiga puxta tayyorgarlik ko'rish, biznes vakillarining murojaatlarini o'rganish, tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan takliflarni umumlashtirish va tahlil qilish, asoslangan takliflar ishlab chiqish yuzasidan “O'zcharmsanoat” uyushmasida Monopoliyaga qarshi kurash davlat qo'mitasi mas'ul rahbar xodimlari bilan hamkorlikda, Uyushmaga a'zo 100 ga yaqin korxonalar vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tash
MERCURY GROUP: “O'ZBEKISTON KATTA EKSPORT SALOHIYATIGA EGA”
“O'zcharmsanoat” uyushmasida Birlashgan Arab Amirliklaridagi “THE MERCURY GROUP” kompaniyasi rahbari janob Muhammad Asif bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. O'zbekiston charm-poyabzal sanoati va ushbu xorijiy kompaniya o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish muzokaraning asosiy mavzusi bo'ldi.
“PURE LONDON” XALQARO MODA KO'RGAZMASI. YEVROPA BOZORIGA ELTUVCHI YANA BIR MUHIM QADAM
Buyuk Britaniyaning poytaxti Londonda Yevropaning eng yirik ko'rgazmasi “Pure London” xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda “O'zcharmsanoat” uyushmasiga a'zo korxonalar “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendi bilan ishtirok etdi.
“Uzcharmexpo-2022” 13 - xalqaro qo'rgazma-yarmarkasi
Joriy yilning 12-14 oktyabr kunlari charm-poyabzal sohasidagi innovasiya va yangiliklar maydoniga aylangan “Uzcharmexpo-2022” 13 - xalqaro qo'rgazma-yarmarkasi bo'lib o'tadi.
CHARM-POYABZAL SANOATIDA O'ZBEKISTON – TURKMANISTON HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI
“O'zcharmsanoat” uyushmasida Turkmanistonning “Maksad deri” kompaniyasi rahbari boshchiligidagi delegasiya bilan charm-poyabzal sanoatida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
AVTOMATLASHTIRILGAN KUSHXONALAR OLDIDAGI MUAMMO VA MASALALAR TAHLIL QILINDI
“O'zcharmsanoat” uyushmasida videokonferensaloqa formatida muloqot o'tkazildi. Unda qoramollarni so'yishga ixtisoslashgan zamonaviy kushxonalar duch kelayotgan muammoli masalalar muhokama qilindi. Muloqotda ko'tarilgan masalalar orasida ayrim hollarda nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan sun'iy to'siqlar yaratilishi va chakana savdo shoxobchalari faoliyatini yo'lga qo'yish masalalari ko'rib chiqildi.
«O'zcharmsanoat» uyushmasi sizlarni Qurbon hayit bayrami bilan chin ko'ngildan tabriklaydi.
«O'zcharmsanoat» uyushmasi sizlarni Qurbon hayit bayrami bilan chin ko'ngildan tabriklaydi. Barchangizga mehr-oqibat, saxovat, baxt-saodat, yaqinlaringizga esa uzoq umr tilaymiz. Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik tark etmasin!