ShHT DAVLATLARI UCHUN O‘ZBEKISTONDAN INNOVATSIYALAR
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining ikkinchi iqtisodiy forumi O’z ishini boshladi. Ikki kun davomida ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, ShHT maydonida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalardan iborat delegatsiya “Elite Line -2022” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida respublikamizning Olmota shahridagi Bosh konsuloxonasi hamkorligida “Atameken” Olmota shahar tadbirkorlar palatasi rahbariyati va palataga aʼzo korxonalar bilan biznes muloqot o‘tkazdi.
2022 yil 11 avgust kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida faoliyat yurituvchi tabirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 35 ta vazirlik, idoralar va tashkilotla vakillari 150 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.
“ELITE LINE”- MARKAZIY OSIYONING ENG YIRIK MODA ANJUMANI
Qozog‘istonning Olmota shahrida “Elite Line-2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Mazkur yirik anjumanda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 25 dan ortiq kompaniya jamoaviy stend bilan o‘z mahsulotlarini namoyishga qo‘ygan. O‘zbekiston ekspozitsiyasidan 1200 ortiq turdagi mahsulotlar o‘rin oldi.
OLMOTA MULOQOTI: HAMKORLIKDA YANGI LOYIHALAR ISHGA TUSHADI
“O'zcharmsanoat” uyushmasi va unga a'zo korxonalardan iborat delegasiya mamlakatimizning Qozog'iston Respublikasining Olmota shahridagi bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda “Elite Line-2022” xalqaro ko'rgazmasi doirasida Qozog'iston yengilsanoat uyushmasi bilan uchsharshuv o'tkazdi. Muloqot mavzusi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalasi bo'ldi.
2022-yil 11-avgust kuni soat 11-00da Toshkent shahridagi “International Hotel” mehmonxonasida “O'zcharmsanoat” uyushmasining charm-poyabzal hamda mo'ynachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan birinchi Ochiq muloqoti bo'lib o'tadi!
Joriy yilning 29 iyul kuni Bangladesh poytaxti Dakka shahrida O'zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha 3-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Muloqotda ikki mamlakat vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishda O'zbekiston charm-poyabzal va mo'yna sanoati vakillari, tadbirkorlar “O'zcharmsanoat” uyushmasi delegasiyasi tarkibida ishtirok etdi.
TURKIYALIK INVESTOR O'ZBEKISTONDA AYOLLAR POYABZALLARINI ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA
“O'zcharmsanoat” uyushmasida Turkiyalik investor janob Emin Deniz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqot mavzusi O'zbekistonga investisiya jalb etgan xolda charm-poyabzal sanoatida yangi investision loyihani ishga tushirish bo'ldi.
“O'ZCHARMSANOAT” UYUSHMASI HINDISTON TERI EKSPORTCHILARI KENGASHI BILAN HAMKORLIK MEMARNDUMINI IMZOLADI
O'zbekiston hukumati delegasiyasining Hindistonga tashrifi doirasida Dehli shahrida O'zbek-Hind biznes-forumi bo'lib o'tdi. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi boshchiligidagi delegasiya tarkibidi “O'zcharmsanoat” uyushmasi va unga a'zo korxonalar Hindiston Respublikasi Savdo va sanoat davlat vaziriligi, Hindiston ishbilarmon doiralarining 50 dan ortiq vakillari, Markaziy teri tadqiqoti instituti (CLIR-Central Leather Research Institute), Hindiston teri eksportchilari kengashi (CLE-Counci