EUROSHOES-2022: SIFAT VA NARX UYG‘UNLIGIGA EGA MILLIY MAHSULOTLARIMIZ TEZ FURSATDA ROSSIYA BOZORIDAN JOY OLISHI TAKIDLANMOQDA
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Euro Shoes Premiere Collection 2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Charm-poyabzal sanoati uchun qulay biznes maydoni sanalagan ushbu ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 20 ga yaqin korxonalar “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendida 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlar naʼmunalarini ko‘rgazma ishtirokchilariga taqdim etmoqda.
CHARM-POYABZAL VA MO'YNA SANOATI: HOZIRGI HOLAT VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
“O‘zcharmsanoat” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish charm-poyabzal sanoatining bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlandi.
O‘ZBEKISTON CHARM KIYIMLARI DUNYO BOZORIGA KIRIB BORMOQDA
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoning yirik moda anjumanlaridan biri bo‘lgan – “EliteLine-2022” xalqaro ko‘rgazmasida esa LEATHER APPARELS o‘zining kuz-qish mavsumi uchun tayyorlangan yangi kolleksiyasini Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilarga taqdim etdi.
ShHT DAVLATLARI UCHUN O‘ZBEKISTONDAN INNOVATSIYALAR
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining ikkinchi iqtisodiy forumi O’z ishini boshladi. Ikki kun davomida ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, ShHT maydonida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalardan iborat delegatsiya “Elite Line -2022” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida respublikamizning Olmota shahridagi Bosh konsuloxonasi hamkorligida “Atameken” Olmota shahar tadbirkorlar palatasi rahbariyati va palataga aʼzo korxonalar bilan biznes muloqot o‘tkazdi.
2022 yil 11 avgust kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida faoliyat yurituvchi tabirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 35 ta vazirlik, idoralar va tashkilotla vakillari 150 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.
“ELITE LINE”- MARKAZIY OSIYONING ENG YIRIK MODA ANJUMANI
Qozog‘istonning Olmota shahrida “Elite Line-2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Mazkur yirik anjumanda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 25 dan ortiq kompaniya jamoaviy stend bilan o‘z mahsulotlarini namoyishga qo‘ygan. O‘zbekiston ekspozitsiyasidan 1200 ortiq turdagi mahsulotlar o‘rin oldi.
OLMOTA MULOQOTI: HAMKORLIKDA YANGI LOYIHALAR ISHGA TUSHADI
“O'zcharmsanoat” uyushmasi va unga a'zo korxonalardan iborat delegasiya mamlakatimizning Qozog'iston Respublikasining Olmota shahridagi bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda “Elite Line-2022” xalqaro ko'rgazmasi doirasida Qozog'iston yengilsanoat uyushmasi bilan uchsharshuv o'tkazdi. Muloqot mavzusi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalasi bo'ldi.
2022-yil 11-avgust kuni soat 11-00da Toshkent shahridagi “International Hotel” mehmonxonasida “O'zcharmsanoat” uyushmasining charm-poyabzal hamda mo'ynachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan birinchi Ochiq muloqoti bo'lib o'tadi!