O'ZBEKISTON-QIRG'IZISTON: HAMKORLIKNING YANGI YO'NALISHLARI
“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jamanbaev Musa Muratalievich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda charm-poyabzal sanoatida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va bu borada hamkorlikni yanada mustahkamlashdan maslalari ko`rib chiqildi.
ALIBABA.COM: B2B SAVDONI RIVOJLANTIRISHDA YANGI IMKONIYATLAR
“UzCharmExpo–2022” XIII xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi oldidan “O‘zcharmsanoat” uyushmasida Xitoyning “Alibaba Group” korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda O‘zbekistonda tayyorlangan charm-poyabzal mahsulotlarini Alibaba.com xalqaro platformasiga olib chiqish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
2022-yil 3-oktyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Vengriya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar! Sizlarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli tadbirkorlari nomidan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.
O‘ZBEKISTON ISPANIYAGA TAYYOR CHARM EKSPORTINI BOSHLAYDI
“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Ispaniyaning “XGE” kompaniyasi direktori Xose Luis Marsilo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda mamlakatimizda tayyorlangan tayyor charm mahsulotlarni Ispaniyaga eksport qilish masalasi muhokama qilindi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmog‘i korxonalari tomonidan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
15 investitsiya va eksport shartnomasi, 5 ta memorandum va Yevropa bozoriga ruxsat beruvchi xalqaro sertifikat. Italiyaning moda va biznes poytaxti Milanda bo‘lib o‘tgan “FIERA MILANO” anjumani doirasidagi ko‘rgazmalarda «O‘zcharmsanoat» uyushmasiga aʼzo korxonalar samarali ishtirok etib, o‘z biznes portfelini yangi hamkorlar va kelishuvlar bilan to‘ldirdi. Dastlab «Micam» ko‘rgazmasi haqida.
ALIBABA.COM O‘ZBEKISTON MILLIY PAVILIONINI ISHGA TUSHIRDI
XXRda nufuzli elektron savdo tarmog‘i Alibaba.comda O‘zbekiston Milliy pavilionining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy pavilionidan 50dan ortiq mahalliy kompaniyalarning 4800dan ziyod mahsulotlari o‘rin olgan. Ular orasida yurtimiz charm-poyabzal korxonalarining mahsulotlari ham mavjud.
Italiyaning Milan shahrida bo`lib o`tayotgan moda haftaligi doirasida charm, aksessuarlar, butlovchi qismlar, matolar -Lineapelle xalqaro ko'rgazma o`z ishini boshladi. Ko`rgazma dunyo moda va charmsanoatining 26 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni birlashtiradi. Ularning 10 000 dan ortig'i 114 dan ortiq mamlakatdan kelgan xorijiy kompaniyalar vakillari, bayer va reteylerlardir.
“MADE IN UZBEKISTAN” YORILG‘I OSTIDAGI POYABZALLAR ITALIYA BOZORIDA
#finallytogether yaʼni va nihoyat birgamiz. Ana shu shior ostida bo‘lib o‘tayotgan “MICAM” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar, savdo iqtisodiy hamkorlik, rebrending, tajriba almashish va yangi bozorlarga chiqish kabi ustuvor yo‘nalishlarda muhokamalarga kirishdi.