TURKIYALIK INVESTOR O'ZBEKISTONDA AYOLLAR POYABZALLARINI ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA

30.07.2022

TURKIYALIK INVESTOR O'ZBEKISTONDA AYOLLAR POYABZALLARINI ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA

“O'zcharmsanoat” uyushmasida Turkiyalik investor janob Emin Deniz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqot mavzusi O'zbekistonga investisiya jalb etgan xolda charm-poyabzal sanoatida yangi investision loyihani ishga tushirish bo'ldi.

Uchrashuv avvalida mehmon O'zbekistondagi charm-poyabzal sanoatining ishlab chiqarish salohiyati bilan atroflicha tanishtirildi. Uyushma rahbariyati investorga mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, soliq va bojxona imtiyozlari haqida batafsil ma'lumot berdi.

Muzokaralar chog'ida janob Emin Deniz O'zbekistonda ayollar poyabzalini ishlab chiqarish niyatida yekanligini ma'lum qildi. Turkiyalik investor O'zbekiston hukumati tomonidan tadbirkorlar va xorijiy sarmoyadorlarning to'liq qo'llab-quvvatlanishi sabab, bugungi kunda ko'plab turk kompaniyalari O'zbekistonga sarmoya kiritishga qiziqish bildirayotganini alohida qayd etdi.

Yig'ilishda Samarqand viloyatida barpo yetiladigan yangi korxonani tashkil yetish bo'yicha zarur jihatlar atroflicha muhokama qilindi. Poyabzal uchun tayyor charm va tagliklar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish taklifi ma'qullandi. Hamkorlikning keyingi istiqbollarini belgilash maqsadida muzokaralarning navbatdagi raundini tashkil yetish bo'yicha kelishuvga yerishildi. YAngi korxona mahsulotlari Rossiya va Yevropa mamlakatlari bozorlariga yeksport qilinadi. Mahsulotlar tabiiy charmdan tayyorlanadi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning keyingi istiqbollari atroflicha tahlil qilindi.

Uzcharmsanoat