MISR ChАRM SАNOАTI BILАN HАMKORLIKNING YANGI POGʼONАSI

08.05.2023

MISR ChАRM SАNOАTI BILАN HАMKORLIKNING YANGI POGʼONАSI

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 8 may kuni Misr Аrab Respublikasining terini qayta ishlash palatasi vakillari bilan videokonfrentsaloqa shaklida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Qayd etish kerak, bugungi kunga kelib, terini qayta ishlaydigan davlatlar qatorida ikki davlat teng mavqega egadir. Qolaversa soʼngi yillarda charm-poyabzal sohasida hamkor davlatlar oʼrtasida qator loyihalar yoʼlga qoʼyilmoqda. Misr Аrab Respublikasining “Al Rowad” kompaniyasi bilan olib borilgan muzokaralar va charm mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha yoʼlga qoʼyilgan hamkorlik – shular jumlasidan. 

Navbatdagi muloqotlar davomida ikki davlat oʼrtasidagi hamkorlikni yanada yangi pogʼonaga olib chiqish borasida fikrlar almashildi. Misr Аrab Respublikasining terini qayta ishlash palatasi vakillariga soʼngi yillarda yurtimiz charm sanoatining ishlab chiqarish kursatkichlari, investitsion muhit, eksport salohiyati, hom ashyo bazasi, investorlarga taqdim etilayotgan bojxona, soliq imtiyozlari, transport-logistika yoʼnalishlari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar taqdim yetildi. 

Tomonlar hamkorlikning kelgusi istiqbolli yoʼnalishlari va yangi oʼsish nuqtalarini belgilab olishdi. Shuningdek, ikki davlatda boʼlib oʼtadigan koʼrgazmalarda ikki tomon korhonalarining faol ishtirokini taʼminlash borasida takliflar berib oʼtildi.

 

 

Uzcharmsanoat