“O'ZCHARMSANOAT” UYUSHMASI A'ZOLARINING NAVBATDAGI UMUMIY YIG'ILISHI O'TKAZILDI
Joriy yilning 29 iyun kuni “O'zcharmsanoat” uyushmasi a'zolarining navbatdagi Umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Uyushma Boshqaruvi a'zolari, Uyushmaning tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va Uyushma a'zolari - korxonalar ishtirok etdi.
O'ZBEKISTON-XITOY: CHARMSANOAT SOHASIDAGI HAMKORLIK KENGAYTIRILADI
“O'zcharmsanoat” uyushmasi, O'zbekistonning XXRdagi elchixonasi hamda Xitoy charmsanoati assosiasiyasi (CLIA) bilan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ikki davlat o'rtasida charm-poyabzal, mo'yna sanoatida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiya va eksport yo'nalishlarini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Joriy yilning 28-29 iyun kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizning iqtisodiyot tarmqolaridagi tashkilot va idoralar, viloyat hokimliklaridan iborat delegasiya tarkibida “O'zcharmsanoat” uyushmasi ham “O'zbekiston-Isroil” savdo missiyasida ishtirok etdi.
Poytaxtimizdagi “O'zekspomarkaz” MKM majmuasida “Tashkent Fashion & Textile Expo” charm-poyabzal va to'qimachlik biznesi sohasidagi ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va mutaxassislarni birlashtirgan o'ziga xos ko'rgazma bo'lib o'tdi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi Tadbirkorlik va biznes oliy maktabi bilan birgalikda tadbirkorlarning malakasini oshirish, soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qiladi. Bunday chora-tadbirlar zamonaviy O‘zbekistonning ko‘plab rahbarlik qiluvchi kadrlari almamateri devorlarida imzolangan memorandumda ko‘zda tutilgan.
ROSSIYANING “KZSK” KOMPANIYASI O'ZBEKISTONDA BIZNESINI RIVOJLANTIRISH NIYATIDA
“O'zcharmsanoat” uyushmasida “Qozon sintetik kauchuk zavodi” OAJ vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, o'zaro hamkorlikning yangi yo'nalishlarini belgilab olish muhokamaning asosiy mavzusiga aylandi.
O'ZBEKISTON-XITOY: CHARM-POYABZAL VA MO'YNACHILIK SOHASIDAGI HAMKORLIKNING ASOSIY YO'NALISHLARI VA KELGUSIDAGI REJALAR
2022-2023 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi bilan umumiy qiymati 32,6 mln AQSH dollari bo'lgan sun'iy charm, poyabzal tagliklari, qolip va kartonlar, tayyor charm, ayollar poyabzali, poyabzal ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.