“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalar “Charm, poyabzal materiallari, charm mahsulotlar va poyabzal uskunalari-2022” 26-Xitoy xalqaro ko‘rgazmasi (Venchjou) doirasida “O‘zbekiston -Xitoy o‘rtasida charm-poyabzal sanoati sohasida hamkorlik” mavzusida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ishtirok etdi. Anjuman O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi va Xitoy Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi (CCPIT) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
HAMKORLIKKA 30 YIL: O‘ZBEKISTON-LATVIYA IQTISODIY ALOQLARIDA YANGI DAVR
Toshkentdan yuborilgan mamlakatimiz biznes missiyasi Latviya poytaxti Rigada joriy yilning 12 sentyabr kunidan o‘z ishini boshladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi. Delegatsiya tarkibida O‘zbekistonning turli sohalari vakillari bor. Biznes missiyaning maqsadi sarmoya va turizm sohalarida hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan iboratdir.
#INFOGRAFIKA: DAVLAT RAHBARI TOMONIDAN TADBIRKORLARNI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA TASHABBUSLAR NATIJASIDA SOHA VAKILLARIGA YARATILADIGAN QO‘SHIMCHA QULAYLIKLAR.
INFOGRAFIKA: DAVLAT RAHBARI TOMONIDAN TADBIRKORLARNI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA TASHABBUSLAR NATIJASIDA SOHA VAKILLARIGA YARATILADIGAN QO‘SHIMCHA QULAYLIKLAR.
#INFOGRAFIKA: DAVLAT RAHBARI TOMONIDAN TADBIRKORLARNI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA TASHABBUSLAR NATIJASIDA SOHA VAKILLARIGA YARATILADIGAN QO‘SHIMCHA QULAYLIKLAR.
Birinchi yo‘nalish – korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvni belgilash.
EUROSHOES-2022: XITOY KADRLAR MASALASIDA, ROSSIYA MODA SOHASIDA HAMKORLIKKA QIZIQMOQDA
Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Euro Shoes Premier Collection-2022” xalqaro ko‘rgazmasining navbatdagi kuni ham “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalar uchun manfaatli muloqotlar va muzokaralarga boy bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi jamoasi siz va oila aʼzolaringizni mamlakatimiz tinchligi, taraqqiyotining mustahkam kafolati bo‘lgan, eng ulug‘, eng aziz bayram - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
EUROSHOES-2022: SIFAT VA NARX UYG‘UNLIGIGA EGA MILLIY MAHSULOTLARIMIZ TEZ FURSATDA ROSSIYA BOZORIDAN JOY OLISHI TAKIDLANMOQDA
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Euro Shoes Premiere Collection 2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Charm-poyabzal sanoati uchun qulay biznes maydoni sanalagan ushbu ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 20 ga yaqin korxonalar “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendida 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlar naʼmunalarini ko‘rgazma ishtirokchilariga taqdim etmoqda.
CHARM-POYABZAL VA MO'YNA SANOATI: HOZIRGI HOLAT VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
“O‘zcharmsanoat” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish charm-poyabzal sanoatining bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlandi.
O‘ZBEKISTON CHARM KIYIMLARI DUNYO BOZORIGA KIRIB BORMOQDA
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoning yirik moda anjumanlaridan biri bo‘lgan – “EliteLine-2022” xalqaro ko‘rgazmasida esa LEATHER APPARELS o‘zining kuz-qish mavsumi uchun tayyorlangan yangi kolleksiyasini Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilarga taqdim etdi.
ShHT DAVLATLARI UCHUN O‘ZBEKISTONDAN INNOVATSIYALAR
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining ikkinchi iqtisodiy forumi O’z ishini boshladi. Ikki kun davomida ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, ShHT maydonida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqadi.