OʼZBEKISTON «МЯГКОЕ ЗОЛОТО РОССИИ» XАLQАRO KOʼRGАZMАSIDА ISHTIROK ETDI

13.04.2023

OʼZBEKISTON «МЯГКОЕ ЗОЛОТО РОССИИ» XАLQАRO KOʼRGАZMАSIDА ISHTIROK ETDI

Rossiyaning Pyatigorsk shahrida 11-apreldan 14-aprelga qadar «Мягкое золото России» 6-xalqaro moʼyna, charm va yengil sanoat koʼrgazmasi boʼlib oʼtmoqda. Mamlakatimiz nomidan “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi vakillari ekspozitsiya hamda keng koʼlamli biznes dasturda faol ishtirok etmoqda.

«МЯГКОЕ ЗОЛОТО РОССИИ» - moʼyna bozoridagi muhim voqea va sanoatning ishbilarmonlik hayoti jamlangan asosiy biznes platformadir. Koʼrgazma-taqdimotda har yili Rossiya va xorijdan moʼynali kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilar, dizaynerlar, yirik multibrend doʼkonlar vakillari, moda sanoati mutaxassislari, yosh dizaynerlar oʼz loyihalarini taqdim etish uchun yigʼiladi.

 Bu yil koʼrgazma “Yengil sanoat: yangi vazifalar – yangi imkoniyatlar”, “Rossiya xalq amaliy sanʼati muammolari: yechim”, “Ishbilarmonlik turizmi: yangi drayverlar”, “Ijodiy sanoat uchun kadrlar” kabi mavzularni qamrab oldi. Shuningdek, “Engil sanoat: Sanoat rivojining drayverlari” mavzusida yalpi majlis, “Engil sanoat yoʼnalishida xalqaro hamkorlik: mahalliy mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda ilgari surish imkoniyatlari va strategiyalari” mavzuida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

 Koʼrgazma doirasida, B2B biznes-muloqotlar va moʼyna sanoatini rivojlantirishga bagʼishlangan konferentsiya boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekistonning ishlab chiqarish salohiyati namoyish etildi. Qorakoʼlchilik va qimmat baho moʼynali mahsulotlarni qayta tiklash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar va chorvachilikni rivojlantirish yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

 “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi vakillari “Semifur”, “Namia”, “Sofia”, “Furnova”, “Manakas”, «Bel Koop Mex», «Skiftex», «Ekostilь»” va boshqa moʼyna sanoati korxonalari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va yetakchi kompaniyalarni mamlakatimizga jalb etish boʼyicha muzokaralar olib bordi. Mazkur kompaniyalar kuzda Oʼzbekistonda boʼlib oʼtadigan xalqaro “UzCharmExpo-2023” koʼrgazmasida ishtirok etishini tasdiqladilar.

 

Uzcharmsanoat