“TURKISH LEATHER” JURNALI MUQOVALARIDA O'ZBEKISTON CHARMSANOAT TARMOG'I YUTUQLARI

04.04.2023

“TURKISH LEATHER” JURNALI MUQOVALARIDA O'ZBEKISTON CHARMSANOAT TARMOG'I YUTUQLARI

“UzCharmExpo-ShoesStar EuraAsi-2023” 14-xalqaro koʼrgazmasi doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasida Turkiyaning “Turkish Leather” jurnali Bosh muxarriri Hayriya Kanbolat bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

 Taʼkidlash joiz, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi Oʼzbekiston charmsanoati nufuzini xalqaro maydonda keng targʼib qilish, mamlakatimizga xorij investorlarni faol jalb etish, “Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan” savdo belgisi ostidagi mahsulotlar uchun yangi bozorlarni kashf etish yoʼnalishlarida muhim omil sifatida xalqaro sanoat va iqtisodiy nashrlar bilan hamkorlikka katta eʼtibor qaratmoqda. Navbatdagi koʼrgazma doirasida tashkil etilgan yigʼilishda shular haqida soʼz bordi. 

“Turkish Leather” jurnali 2005 yildan buyon oʼz faoliyatini olib boradi. Аsosan charmsanoat sohasidagi Turkiya va jahonda roʼy berayotgan yangiliklarni yoritib boradi. Shuningdek, xorijiy investorlar uchun oʼz taxliliy maqolalari orqali tavsiyalar ishlab chiqadi.

Turkiya nashri suhbatda Oʼzbekistonda charm-poyabzal sanoatining keskin va jadal rivojlanishi jihatlari haqida soʼz yuritdi. Shu nuqtai nazardan, Xayriya Kanbolat Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni, charm-poyabzal sanoatining rivojlanish dinamikasini, tarmoqning sanoat darajasiga koʼtarilgani va mamlakatimiz iqtisodiyotining drayver sohalaridan biriga aylanib borayotganini katta ishtiyoq bilan kuzatayotganini taʼkidladi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti, shuningdek, eksport va sarmoyaviy faoliyat yutuqlari Turkish leather sahifalarida oʼzining munosib aksini topishini taʼkidladi.

Toshkent mezbonlik qilayotgan “UzCharmExpo-ShoesStar EuraAsi-2023” koʼrgazmasi uch qitʼa vakillarini birlashtirgan qatta bir biznes platforma ekanligini qayd etdi. Oʼzaro hamkorlikda mamlakatimiz charm-poyabzal va moʼyna tarmogʼi yutuqlarini xorijga jumladan Turkiya kompaniyalarga yetkazish maqsadida qator turkum taxliliy maqolalar tayyorlash boʼyicha keklishuvga erishildi.

Shuningdek, Turkiyalik investorlarni Oʼzbekistonga jalb qilish maqsadida “Turkish Leather” jurnalida taxliliy maqolalar chop etiladigan boʼldi.

Uzcharmsanoat