Charm-poyabzal korxonalari 42,6 million dollarlik shartnomalar imzoladi

17.05.2023

Charm-poyabzal korxonalari 42,6 million dollarlik shartnomalar imzoladi

Joriy yilning 17 may kuni Xitoy Xalq Respublikasining qadimiy poytaxti Sian shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning XXRga davlat tashrifi arafasida O‘zbekistonlik -Xitoy biznes-forumi bo'lib o'tdi. Unda Xitoyning 400 dan ortiq yirik kompaniyalari, jumladan, charm-poyabzal sanoatida faoliyat yurituvchi korxonalar ishtirok etdi.

Biznes-forum chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar izchil o‘sish sur’ati ta`minlanayotgani ta’kidlandi. 2022-yil yakuni bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshgan. O`zaro savdo rekord darajadagi 9 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, ikki davlat rahbarlari joriy yilda bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. O‘zbekistonda so‘nggi Xitoy sarmoyasi evaziga 5 yil ichida qo‘shma korxonalar soni 3 barobar oshdi.

        Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar va biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan atroflicha tanishtirildi. Investorlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini joriy etish, ixcham davlat apparatini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish, investorlar bilan ishlashda “Yagona oyna” tamoyilini joriy etish, xususiy mulkni konstitutsiyaviy jihatdan himoya qilish va sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash kabi islohotlar Xitoy kompaniyalarida katta qiziqish uyg'otdi.

Forum davomida hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan oʻnlab turli yoʻnalishlarni qamrab olgan boʻyicha loyiha takliflari va tashabbuslari taqdimotlari ham boʻlib oʻtdi. Forum ishtirokchilari B2B va G2B muzokaralar doirasida bo'lajak hamkorlikni batafsil muhokama qilish imkoniga ega bo'ldilar.

Xususan, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va “PENG SHENG CHARM” va “PENG SHENG SHOES SALITA” mas’uliyati cheklangan jamiyati Xitoyning “WENZHOU JINSHENG TRADING CO” kompaniyasi bilan charm ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va poyabzal ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

        “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va “TATA SHOES GROUP CO” kompaniyasi o‘rtasida charm-poyabzal sanoati sohasida investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston tomonining “SINO INTERNATIONAL INVEST” qo‘shma korxonasi hamda Xitoyning “TIANJIN ZHONGZHILIHUA INTERNATIONAL TRADING” qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

        Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun butlovchi qismlar yetkazib berish bo‘yicha qator muzokaralar olib borildi.

Tadbir yakunida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandum va bitimlar hamda savdo shartnomalarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston charm-poyabzal korxonalari Xitoy kompaniyalari bilan 42,6 million dollarlik shartnoma imzolandi.

Uzcharmsanoat