XITOYLIK INVESTOR YANGI KORXONА UChUN 5 MLN.DOLLАR YOʼNАLTIRАDI

04.04.2023

XITOYLIK INVESTOR YANGI KORXONА UChUN 5 MLN.DOLLАR YOʼNАLTIRАDI

“UzCharmExpo-ShoesStar EuraAsi-2023” 14-xalqaro koʼrgazmasi doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasida rahbariyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining Fujian provintsiyasida joylashgan terini qayta ishlash korxonasi vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Dastlab kompaniya vakillariga yangi korxonani tashkil etish boʼyicha tashkiliy va amaliy masalalar toʼgʼrisida atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, xorijiy investorlarga yaratilgan imkoniyatlar, bojxona, soliq imtiyozlar toʼgʼrisida taqdimot oʼtkazildi.

Oʼzbekistonning tez surʼatda rivojlanib borayotgan charmsanoat tarmogʼi xorijiy sarmoyodorlarni respublikaga faol jalb etib, toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar hajmini yanada kengaytirmoqda. Xitoy kompaniyasi bilan boʼlib oʼtgan muloqotda kompaniyaning 100 foiz investitsiyasi evaziga charmni qayta ishlashga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Yangi loyihaning umumiy qiymati 5 mln dollarni tashkil etadi. Charmni qayta ishlashning toʼliq sikli qamrab olinadi.

Xitoy kompaniyasi Oʼzbekistonning Аndijon, Namangan viloyatlarida boʼlib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishganini maʼlum qildi. Oʼzbekistondagi qulay biznes muhiti sabab bu yerda yangi korxona ochish tashabbusini ilgari surdi. Qayd etilganidek, bugungi kunda Xitoy charmsanoat bozorida rivojlanish sustlashgan. Oʼzbekistonda esa bu borada barqaror oʼsish kuzatilmoqda. Shu sabab mamlakatimizda oʼz faoliyatini yuritish maqsadida boʼlgan investorlar soni ortib bormoqda.

Muloqotda invest loyihani amalga oshirish boʼyicha tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yangi korxonani loyihalashtirish, uni amalga oshirishga oid tegishli qaror qabul qilindi.

Uzcharmsanoat