“MADE IN UZBEKISTAN” YORILG‘I OSTIDAGI POYABZALLAR ITALIYA BOZORIDA

20.09.2022

“MADE IN UZBEKISTAN” YORILG‘I OSTIDAGI POYABZALLAR ITALIYA BOZORIDA

#finallytogether yaʼni va nihoyat birgamiz. Ana shu shior ostida bo‘lib o‘tayotgan “MICAM” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar, savdo iqtisodiy hamkorlik, rebrending, tajriba almashish va yangi bozorlarga chiqish kabi ustuvor yo‘nalishlarda muhokamalarga kirishdi. 

O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur voqelikda ilk bor ishtiroki bo‘lishiga qaramasdan yurtimiz korxonalari Italiyaning mashhur brendlari bilan mahalliy mahsulotlarimizni YEIda savdosini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. “Italian Artisan” kompaniyasi bosh direktori Devid Klementoni yangiliklarga boy O‘zbek poyabzallariga quyidagicha tarif berdi.

Bizning yirik kommyunitimiz aʼzolari oktyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada yurtingizda tayyorlangan poyabzal mahsulotlari korxonalariga tashrif buyurishni va ular bilan hamkorlik o‘rnatishni maqsad qildik. Mahsulotlar Italiyanikida aslo qolishmaydi. O‘ylaymanki tez orada ularni YEI bozorlarida uchratamiz. Bozorlar turlichaligini hisobga olsak, O‘zbekiston har biri uchun alohida strategiya asosida ish olib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Bu esa yangi bozorlarga tez moslashish imkoni beradi.

Shuni alohida taʼkidlash kerak, MICAMda taqdim yetilgan brendlar o‘rtadan yuqorigacha turli narx segmentlarida ishlaydigan keng qamrovli ko‘rgazmadir. O‘zbekiston korxonalarining mahsulotlari naʼmunalari Italiya va YEIning boshqa mamlakatlarining savdo uylari vakillarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, SAN+ONE brendi mahsulotlari tez fursatda Italiya bozorida savdoga chiqarilishi kutilmoqda. MICAM bu Yevropa bozoriga kirish niyatida bo‘lgan xar qanday poyabzal korxonalarini maqsadga eltuvchi platformadir. O‘zbekiston korxonalari esa ana shu yo‘lda samarali muloqotlarni olib bormoqda. 

Shuningdek, hamkorlikning kelgusi istiqbollari oktyabr oyida Toshkent mezbonlik qiladigan “UzCharmExpo-2022” xalqaro ko‘rgazmasida atroflicha muhokama qilinadi.

Uzcharmsanoat