TFT: MODA OLAMI YANGILIKLARI TOSHKENTDA

26.06.2022

TFT: MODA OLAMI YANGILIKLARI TOSHKENTDA

Poytaxtimizdagi “O'zekspomarkaz” MKM majmuasida “Tashkent Fashion & Textile Expo” charm-poyabzal va to'qimachlik biznesi sohasidagi ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va mutaxassislarni birlashtirgan o'ziga xos ko'rgazma bo'lib o'tdi. Mazkur anjuman Turkiyalik ishbilarmonlar, qator davlat tashkilotlari va idoralari tomonidan “O'zcharmsanoat” uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Ko'rgazmanig asosiy maqsadi sohadagi so'nggi tendensiyalarni namoyish etishdan iborat. “Tashkent Fashion & Textile Expo” - Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan moda, charm-poyabzal, to'qimachilik va charmsanoat uskunalari sohasidagi xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazma sanaladi. Ko'rgazmada Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Turkiya, Qirg'iziston, Belarus kabi davlatlar vakillari ishtirok etdi. Ko'rgazma 6 ta bo'limda tashkil etildi.

“Tashkent Fashion & Textile Expo” – tadbirkorlar uchun biznes aloqalarini o'rnatish va eng yaxshi biznes yechimlarni joriy etish imkoniyati, shuningdek, o'z mahsulotlarini professional auditoriya – butun Osiyo mintaqasidagi to'qimachilik sanoati xaridorlariga taqdim etish joyidir.

“Tashkent Fashion & Textile Expo” ko'rgazmasida “O'zcharmsanoat” uyushmasiga a'zo korxonalar ham o'z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Korxonalarmiz stendlarida charm-poyabzal va mo'yna sanoatining so'ngi tendensiyalari va yutuqlari o'rin oldi. 

Mazkur xalqaro ko'rgazmada charm-poyabzal va tekstil sanatining yirik ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini xorijiy hamkorlarga taqdim etdi. Manfaatli aloqalar yo'lga qo'yildi.

Uzcharmsanoat