USTUVORLIK — MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH

25.06.2022

USTUVORLIK — MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi Tadbirkorlik va biznes oliy maktabi bilan birgalikda tadbirkorlarning malakasini oshirish, soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qiladi. Bunday chora-tadbirlar zamonaviy O‘zbekistonning ko‘plab rahbarlik qiluvchi kadrlari almamateri devorlarida imzolangan memorandumda ko‘zda tutilgan.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo tadbirkorlik sub'ektlari onlayn ravishda ishtirok etgan yig‘ilishda Tadbirkorlik va biznes oliy maktabining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim muassasasi maktab nomiga ega bo'lishiga qaramay, bu yerda eng yuqori sifatli bilimlar beriladi. Magistratura yo‘nalishida “Biznes boshqaruvi”, “Loyihalarni boshqarish”, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” kabi yo‘nalishlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim muassasasida “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” yo‘nalishi bo‘yicha ham fan doktorlari tayyorlanmoqda. 

Tadbirkorlik va biznes oliy maktabida bundan tashqari iqtisodiyot, biznes, investisiya va dasturlash bo‘yicha 20 ga yaqin qisqa muddatli kurslar o‘tkazilmoqda, bu yo‘nalishlar, o‘z navbatida, charm-poyabzal sanoati vakillari uchun dolzarb va foydalidir.

O‘quv dasturlariga mamlakatimizning turli hududlaridagi tadbirkorlar qiziqish bildirishdi. Aniqlangan talabdan kelib chiqib, xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslari ishlab chiqiladi. Tadbir yakunida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uzcharmsanoat