CHARM-POYABZAL VA MO`YNA SANOATI UCHUN INNOVATSION DASTURIY TA`MINOT

26.05.2022

CHARM-POYABZAL VA MO`YNA SANOATI UCHUN INNOVATSION DASTURIY TA`MINOT

Poyabzal, aksessuarlar va avtomobil interyeri dizayni sohasida noyob yechimlarni ishlab chiquvchi Portugaliya kompaniyasi “MIND TECHNOLOGY” 12-Xalqaro “UzCharmExpo-2022” ko‘rgazma-yarmarkasida eksponentlar va tashrif buyuruvchilarga o‘zining so‘nggi dasturiy mahsulotlarini namoyish etdi.

Portugal kompaniyasi vakili Aleksey Dombrov mamlakatimizdagi poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlar dizaynini yaratish jarayonini avtomatlashtirishga ko`maklashuvchi “MIND CAD” dasturiy ta’minotining taqdimotini o`tkazdi. Ushbu innovatsion yangi  loyihalash texnologiyasi O‘zbekiston korxonalariga charm va gazlamalarda tayyorlanadigan poyabzal mahsulotlarining dizaynini yaratish hamda ishlab chiqarishga tadbiq etish jarayonini to`liq raqamlashtiradi. Bu esa yangi modellarning tez fursatda yaratilishga xizmat qiladi.


“MIND TECHNOLOGY”  kompaniyasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikni aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Endilikda institut talabalari  yangi dasturiy ta'minot orqali mahsulotlarini loyihalash imkoniyatiga ega bo`lishdi.

“MIND TECHNOLOGY” global bozorda innovatsion dasturlarini muvaffaqiyatli tarqatadi. Mind yechimlarini hozir Braziliya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Daniya, Indoneziya, Yaponiya, Polsha, Ruminiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Tayvan, Tailand, AQSh va Vetnam kabi mamlakatlarda uchratish mumkin.

Uzcharmsanoat