OʻZBEKISTON CHARM-POYABZAL MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARUVCHILARI UCHUN ISPANIYADA SAVDO UYI OCHILADI

05.02.2022

OʻZBEKISTON CHARM-POYABZAL MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARUVCHILARI UCHUN ISPANIYADA SAVDO UYI OCHILADI

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Ispaniyaning “GEDESPA” kompaniyasi rahbari Alexandro Pastrana Molero bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muzokaralar chogʻida Ispaniya va qator Yevropa davlatlariga mahalliy charm mahsulotlarini eksport qilish masalasi atroflicha muhokama qilindi.


Uchrashuvda Uyushma hamda “GEDESPA” kompaniyasi  hamkorligida Oʻzbekistondagi tayyor charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun Ispaniyaning Valensiya shahrida savdo uylarini ochish masalasi atroflicha koʻrib chiqildi. Valensiyadagi savdo uylari geografik joylashuvi sabab mazkur davlatning muhim poyabzal hududlarini oʻzaro bogʻlaydi. Shuningdek, Jazoir dengiz porti orqali Afrikaning davlatlarining yirik poyabzal kompaniyalariga charm mahsulotlarini sotish imkoniyatini yaratadi.


Uchrashuvda shuningdek, Oʻzbekiston charm-poyabzal sanoatida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida Ispan ishlab chiqaruvchilaridan uskunalar xarid qilishda ushbu davlatning tegishli banklari va sugʻurta kompaniyalari tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida ikki tomonlama hamokorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda Oʻzbekiston charm-poyabzal va moʻynachilik tarmogʻi yutuqlarini Ispaniya tadbirkorlariga targʻib qilish maqsadida joriy yilning mart-aprel oylarida Ispaniyaga biznes-missiya tashkil etish boʻyicha  qarora qabul qilindi.

Uzcharmsanoat