⚡️ Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari!

23.09.2021

⚡️ Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari!

Sizlarni “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “UzCharmStyle-2021” Respublika koʻrik tanloviga taklif etamiz!

Mazkur tanlov moda olamining soʻngi yangiliklari bilan tanishish, xalqaro podiumlarga chiqish va orzuingizga erishish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Tanlov ikki bosqichda boʻlib oʻtadi.

Saralash jarayonlari joriy yilning 25-sentyabridan 25-oktyabrigacha davom etadi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining rasmiy saytidan (http://web.ttyesi.uz/) roʻyxatdan oʻting va oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlar hamda ijodiy ishlaringizni quyidagi +998 90 134 08 88 raqamiga Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali yuboring.

Saralashdan oʻtgan yoshlar 2021-yilning 9-11-noyabr kunlari ikkinchi bosqichda ishtirok etadi.

“UzCharmStyle-2021” Respublika tanlovida ishtirok eting. Charm-poyabzal tarmogʻi rivojiga oʻz xissangizni qoʻshing.

"UzCharmStyle-2021”da ishtirok etuvchi yoshlar uchun yana bir yangilik. Tanlovda charm-poyabzal tarmogʻidagi yetakchi korxonalar ishtirok etib, yosh dizaynerlar bilan hamkorlikda ishlash boʻyicha shartnomalar ham imzolanadi.

Yettita yoʻnalishda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, diplom va qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻling.

Gran pri sovrindorlari esa “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan xalqaro podium va koʻrgazmalarda bepul ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Batafsil maʼlumot uchun +998 90 024 51 42

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan Oʻzbekistonning yangi chizgilarini yarating!

TANLOVINI O'TKAZISH TO'G'RISIDAGI NIZOMNI YUKLAB OLISH

Uzcharmsanoat