Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati va uyushmaga aʼzo korxonalar Yevropaning eng yirik davlatlarida boʻlib, mamlakatimizning charm-poyabzal tarmogʻidagi soʻngi islohotlar va bu yoʻnalishdagi hamkorlikning yangi qirralarini ochish boʻyicha Yevropalik ekspertlar, biznes vakillari va ishlab chiqaruvchilar bilan muloqotlarga kirishdi.
Dastlabki manzil Polsha. Mazkur davlatda boʻlib oʻtgan xalqaro koʻrgazma va biznes forum doirasda mamlakatimizdagi charm-poyabzal korxonalari faoliyatini keng targʻib qilish, sohaning investitsion jozibadaorligi namoyish etildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston -Polsha biznes forumi oʻtkazildi. Unda soʻz olganlar ayni kunda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar, charm-poyabzal va toʻqimachilik sanoatida erishilgan yutuqlar, korxonalarning ayni kundagi ishlab chiqarish salohiyati xususida atroflicha maʼlumot berildi.
Fransiya. Hududining kattaligi jihatidan Yevropada birinchi oʻrinda turadi. 67,8milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan mamlakatgning yalpi ichki mahsuloti 3,12 trillion dollarni tashkil qiladi. Iqtisodiy koʻrsatgichlari jihatidan Yevropada ikkinchi oʻrinda turadigan rivojlangan davlatlardan biri sanaladi. Mazkur davlatda ham Oʻzbek charm-poyabzal mahsulotlariga va oʻzaro hmkorlik aloqalarini kengaytirishga qiziqish yuqori. Mazkur mamlakatda boʻlib oʻtgan biznes forumda ayni shu fikrlar qayd etilib, import mahsulotlarning yuqori hajmdagisini Oʻzbekistondan kirib kelishini koʻpaytirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.Takidlanglanganidek, davlatimiz rahbarining say-harakatlari bilan Oʻzbekiston GSP+ tizimiga qoʻshilishi natijasida katta imtiyozlar berilib, Yevropa ittifoqi bozorlariga tovarlarning import bojlari bilan nol foiz eksport qilish imkoniyatini yaratdi.
Ispaniyaning yengil sanoati dunyoning eng nufuzli bozorlaridan biri sanaladi. Jahon tayyor yengil sanoat mahsulotlari eksportining 4 foiz ulushi ushbu mamlakat xissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, bu davlatda byurtmaga ishlash ham, ishlab chiqarish ham yuqori darajada rivojlangan. Oʻzbekistonning Ispaniyaga qoʻshimcha eksport salohiyati 100 million AQSH dollaridan ortiqni tashkil qiladi. Birgina joriy yilning 11 oyi davomida Ispaniya Oʻzbekistondan 2,1 million dollarlik toʻqimachilik va charm –poyabzal mahsulotlarini import qilgan. Samimiy va doʻstona muloqotlar bilan boshlangan biznes forumda Barselonalik tadbirkorlar tomonidan ayni shu fikrlar alohida eʼtirof qilindi. Biznes forumda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi vakillarining taqdimotlari oʻtkazildi. Ikki mamlakat korxonalarining hamkolrlik aloqalaorini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq qator masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Umuman olganda mazkur “Trade mission” mamlakatimiz charm-poyabzal taromgʻini Yevropa bozorida tanitish va yangi hamkorlar topish uchun qulay muloqot maydoni boʻlib xizmat qildi.
Uzcharmsanoat