BIOT-2021: XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASI SOHASI UCHUN YANGI ISHLANMALAR PLATFORMASI

11.12.2021

BIOT-2021: XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASI SOHASI UCHUN YANGI ISHLANMALAR PLATFORMASI

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 7-10-dekabr kunlari BIOT-2021 “Xavfsizlik va mehnat muhofazasi” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. 25- bor oʻtkazilgan ushbu yirik anjumanda dunyoning 40 dan ortiq davlati ishtirok etdi. Ular orasida Oʻzbekistonlik tadbirkorlar ham faol ishtirok etdi. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 20 dan ortiq kompaniya 120 dan ortiq turdagi mahsulotlarini xorijiy hamkorlarga taqdim etdi.

BIOT xalqaro koʻrzamasi tadbirkorlarga yangi hamkorlar topish, mahsulotlarini xorij bozorlariga olib chiqish shuningdek, ayni yoʻnalishdagi soʻngi tendensiyalar bilan tanishish imkonini yaratuvchi platformadir. Xalqaro koʻrgazma ishtirokchilarga aniq kelishuvlar va shartnomalar tuzish, xorijiy sarmoyadorlarni izlab topishiga xizmat qildi.

Oʻzbekiston ushbu koʻrgazmada maxsus poyabzallar, shaxsiy himoya vosilarini namoyish qildi. Mazkur mahsulotlarga katta qiziqish uygʻondi. Maʼlumki bu yoʻnalishda Oʻzbekiston yetkachi eksportyor davlatlar qatoriga kiradi.

Koʻrgazma doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar salohiyatli ishlab chiqaruvchilar va investorlar bilan yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokarlar oʻtkazdi. Xususan, Ozorbayjon, Qozogʻiston va Rossiya kompaniyalari  “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan. Rossyalik tadbirkorlar  hamkorlikda Oʻzbekistonda charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Kelgusi yildan yangi korxona oʻz faoliyatini boshlaydi.

Xalqaro koʻrgazma doirasida Oʻzbekison charm-poyabzal sanoatining soʻngi yillarda erishgan yutuqlari va investitsion salohiyatiga oid taqdimotlar oʻtkazildi. Xulosa oʻrnida qayd etish kerak ushbu koʻrgazma va koferensiya mahalliy tadbirkorlarimiz uchun salohiyatli hamkorlar topish va eksport shartnomalarini qoʻlga qiritishlari uchun katta imkoniyat yaratdi.

Uzcharmsanoat