ERASMUS+: CHARM VA POYABZAL SANOATINING TA'LIM BILAN BIRGALIKDA RIVOJLANISHI YANGI ISTIQBOLLARI

18.10.2021

ERASMUS+: CHARM VA POYABZAL SANOATINING TA'LIM BILAN BIRGALIKDA RIVOJLANISHI YANGI ISTIQBOLLARI

Bugungi kunda O'zbekiston charm-poyabzal sanoatida 45 ming kishinig bandligi ta’minlangan. Soha rivojlanishining besh yili mobaynida sohada ish o'rinlari soni 7,5 barobarga oshdi. Bu borada kadrlar malakasiga katta e'tibor berilmoqda.

"O'zcharmsanoat" uyushmasi nafaqat mahalliy universitetlar bilan, balki Evropaning etakchi universitetlari, xususan Buyuk Britaniyaning Northempton, Turkiyaning Egey, Belarusiyaning Vitebsk, Rossiyaning Sankt Peterburg amaiy san’at va dizayn, shuningdek A.N.Kosygin nomidagi davlat universitetlari bilan ham hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. 

Shuningdek, uyushma Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, Jizzax politexnika instituti, O'zbekiston ixtirochi ayollar markazi bilan birgalikda “O'zbekiston-Qozog'iston oliy ta’lim muassasalarining  charm va charm sohasida maxsulotlar ishlab chiqarishda salohiyatini kuchaytirish/REILEAP” loyihasida ishtirok etib, ERASMUS+ xalqaro grantini qo'lga kiritdi. Ushbu grant charm - poyabzal va mo'ynachilik  sohasidagi loyihalarni qo'llab - quvvatlashga yo`llanadi.


Loyiha doirasida shu yilning 13-14 oktyabr kunlari Toshkentda "Oliy ta’lim muassasalari va charm-poyabzal sanoati korxonalari o'rtasidagi strategik hamkorlikning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida xorijiy delegatlar "O'zcharmsanoat" uyushmasiga tashrif buyurishdi, ular O'zbekiston charm-poyabzal sanoatining salohiyati va so'nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv chet ellik mehmonlar bilan tajriba almashish, o'z imkoniyatlarini namoyish etish uchun qulay maydonga aylandi. MIND kompaniyasining (Rossiya) vakillari poyabzal dizaynini yaratishga ixtisoslahgan MindCAD innovatsion dasturini va yuqori texnologiyali MindCUT uskunalarini taqdim etdilar.


Doktor Dimos Papakonstatino o'zining tadqiqotlar, shuningdek uzluksiz ta'lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, innovatsiyalar, bandlik, mahalliy rivojlanish, sog'liqni saqlash, sport va madaniyat sohalaridagi metodologiyalar va harakatlar rejalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi Creative Thinking Development/CRETHIDEV (Gretsiya) notijorat tashkiloti to’g’risida ma’lumot berdi.


ERASMUS+ loyihasini amalga oshirish Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti tarkibida charm va poyabzal sanoatining muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun O'quv markazini yaratish, shuningdek charm va poyabzal, mo'ynachilik qorako'lchilik sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash uchun yangi ta'lim maydonlarini ochish, charm sohasi uchun E-HUB vazifasini bajaradigan elektron hamkorlik platformasi uchun innovatsion vositalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Loyiha, shuningdek, talabalar va bitiruvchilarni, shuningdek, charmdan buyumlar ishlab chiqaruvchi ishsiz frilanser ayollarni ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan.

Uzcharmsanoat