Charm-poyabzal mahsulotlari bo'yicha minimal eksport narxlarini belgilash bo'yicha Ishchi guruh tarkibi

15.05.2024

Charm-poyabzal mahsulotlari bo'yicha minimal eksport narxlarini belgilash bo'yicha Ishchi guruh tarkibi

Rasmiy-axborot

 YIRIK EKSPORTYOR TADBIRKORLARDAN TASHKIL TOPGAN ISHCHI GURUH TARKIBI TASDIQLANDI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi "Respublikada to'qimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 274-son qaroriga muvofiq charm-poyabzal mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat o'rnatish tartibini joriy etish belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash bo'yicha o'tkazilgan "Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo'yicha Hukumat komissiyasi"ning yig'ilishi bayoniga muvofiq  Charm-poyabzal mahsulotlari bo'yicha minimal eksport narxlarini belgilash bo'yicha Ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi

ISHCHI GURUH TARKIBI

➖  Vaxobov Davron Abdujalolovich  Savdo-sanoat palatasi raisi, ishchi guruh rahbari

➖ Nurmuxamedov Farxod Xasanovich   “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi v.b, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

➖ Atabekov Jo‘rabek Asadovich  “Amir Feniks Group” MChJ rahbari

➖  Rustamov Shoxruxbek Salimjon o‘g‘li  “Ravon Taraqqiyot Orzusi” MChJ ta'sischisi

➖  Mamadiyev Farxod Qobil o‘g‘li  “Clasica Shoes International” MChJ ta'sischisi

➖  Baxodirov Akmal Olimjonovich  “Botir Muhammadali” MChJ direktori

➖ Abdullayev Shuxrat Manopovich  “Poyafzal Servis Urgut” MChJ direktori

➖  Karimov Dilmurod Adashovich  “EuroStyle Shoes” MChJ direktori

➖ Abdullayev Aziz Nusratullayevich  “Sitonni” MChJ rahbari

➖  Abduvaxobov Abror Mansurovich  “Peng Sheng Charm” MChJ XK direktori o‘rinbosari

➖  Madumarov Xusan Ilxomjonovich   “Hamkor Nur Savdo” MChJ rahbari

➖ Akramov Aziz A'zamovich  “Premium Leather” MChJ rahbari

➖  Sobirov Rustam Xasanovich  “Merfen Ko” MChJ rahbari

Uzcharmsanoat