O`zbekiston-Turkiya: Muloqotlardan aniq harakatlarga

18.03.2024

O`zbekiston-Turkiya: Muloqotlardan aniq harakatlarga

  “O`zcharmsanoat” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Farxod Nurmuxamedov O`zbekistonning Bursa shahridagi faxriy elchisi Ali Baklan bilan uchrashdi. Muloqotda ikki davlat charm sanoati sohasidagi hamkorlikni kenaytirish yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
  Xabaringiz bor “O`zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo tadbirkorlardan iborat delegatsiya joriy yilning fevral oyida Turkiyaning Bursa shahriga biznes missiyani amalga oshirgan edi. Tashrif chog`ida mamlakatimiz tadbirkorlari qardosh o`lka biznesmenlari bilan charm sanoat sohasida qator loyihalarni va dasturlarni amalga shirishga kelishib olgan edi. Turk brendlari nomi ostida poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish, qo`shma investitsiya loyihalarni amalga oshirish yo`nalishlari shular jumlasidan.
  Muloqot chog`ida doktor Ali Baklan O`zbekiston delegatsiyasining Turkiyaga amalga oshirgan tashrifidan so`ng Turk kompaniyalarida mamlakatimizga sarmoya kiritish, hamkorlikda yangi loyihalarni amalaga oshirishga qiziqish ortganini ma’lum qildi. Xususan, 2024 yilning aprel oyida Bursadagi charmsanoat korxonalaridan iborat delegatsiya O`zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Ushbu tashrif chog`ida ikki davlat tadbirkorlari o`rtasida  qayta ishlangan charmni xarid qilish, jelatin, turk brendlari nomi ostida poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo`yicha muzokarlar bo`lib o`tadi.

Uzcharmsanoat