O`ZBEKISTON-BELORUS: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

26.01.2024

O`ZBEKISTON-BELORUS: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Ayni kunlarda Belarus Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxonalar Minsk shahriga tashrifni amalga oshirmoqda.

Tashrif doirasida, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, davlat tomonidan investorlar uchun berilgan imkoniyatlar, sohaning bugungi kundagi holati va eksport-investitsiya salohiyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.

Tashrifning birinchi kunida “Classica Shoes International”, “Person”, “Ravon Taraqqiyot Orzusi” va “San+One” mahalliy korxonalar hamda Belorus Respublikasining “Труд”, “Лидская обувная фабрика”, “Минский экспериментально-фурнитурный завод” “Легпромразвитие” kompaniyalar bilan eksport-investitsiya yo‘nalishida B2B uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

Jumladan, “Clasica Shoes International” va “Легпромразвитие” kompaniyalari o‘rtasida olib borilgan muzokalar davomida xorijiy kompaniya tomonidan mahalliy korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotib olish taklifi bildirildi. Muzkaralar yakuni bilan ikki korxona o‘rtasida 2023-2025-yillarda poyabzal mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 1,5 mln. dollarlik eksport shartnomasi imzolanishiga erishildi.

Shuningdek, Belorus Respublikasining yana bir kompaniyasi “Труд” va “Person” mahalliy koxonasi o‘rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Muzokaralar so‘nggida mahalliy korxona tomonidan “Autsorsing” yo‘nalishida mahsulot yetkazib berishga kelishib olindi.

Uzcharmsanoat