CHARMSANOT SOHASIDA TAʼMINOT ZANJIRINI TASHKIL ETISHDA XITOY TAJRIBASI

26.01.2024

CHARMSANOT SOHASIDA TAʼMINOT ZANJIRINI TASHKIL ETISHDA XITOY TAJRIBASI

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasining XXRga amalga oshirgan ishchi tashrifining navbatdagi kunida Donguan poyabzal uyushmasi rahbariyati bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Mulqotda charmsanoat sohasida taʼminot zanjirini tashkil etishda Oʼzbekiston-Xitoy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda chin yurti sarmoyasini mamlakatimizga jalb etish masalalari muhokama etildi.

Dastlab Xitoy tomoniga mamlakatimizda soʼngi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, ishlab chiqarish jarayonlari, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, bojxona hamda soliq imtiyozlari, logistika kabi qator yoʼnalishlarda maʼlumot taqdim etdi.

Donguan poyabzal uyushmasi 2019 yilda Oʼzbekistonga kelib, biznes faoliyatini yoʼlga qoʼyish maqsadida boʼlgan Xitoy kompaniyalari uchun taxlil oʼtkazganini, mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Koronavirus pandemiyasi sabab bu hamkorlik ortga surilganini maʼlum qilib, joriy yildan aloqalarni yoʼlga qoʼyishini takidladi.

Muzokaralarda 2024 yilda oʼnta Xitoy kompaniyasi kapitali asosida Oʼzbekistonda xom ashyo, tayyor charm va poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan invest loyihalarni amalga oshirish masalasi atroflicha muhokama etildi. Xitoy uyushmasi bu yoʼnalishda amaliy qadamlar tashlashga tayyorligini qayd etdi.

Uchrashuv soʼngida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va Donguan poyabzal uyushmasi oʼrtasida 2024 yilda 10 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish boʼyicha hamkorilk memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Uzcharmsanoat