“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasining XXRga amalga oshirgan ishchi tashrifining navbatdagi kunida Xitoyning “Tepor” brendi ostida sport poyabzallarini ishlab chiqaruvchi “Jialaimeng International” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Mulqotda brend ishlab chiqarishining bir qismini Oʼzbekistonga koʼchirish masalasi boʼldi.
Uchrashuvda brend vakillariga Oʼzbekisonda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoitlar, bojxona, soliq imtiyozlari, YeI, MDH, АQSh bozoriga mahsulotlarni yoʼnaltirishda logistika imkoniyatlari muhokama etildi.
Mazkur Ushbu kompaniya "Adidas", "Fila" va "Anta" kabi jahon brendlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan va ular bilan autsorsing asosida ishlaydi. Kompaniya o'z faoliyatini kengaytirishga intilmoqda. Shu munosabat bilan kompaniya rahbariyati O‘zbekistonni ishlab chiqarishni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb biladi.
Bundan tashqari mahalliy korxonalarimizga buyurtma asosida sport poyabzalarining ustki qismlarini tayyorlab berish boʼyicha hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi. Shu maqsadda kompaniya vakillari Oʼzbekiston korxonalari bilan 2024 yilning aprel oyida Jinjiangda boʼlib oʼtadigan xalqaro poyabzal koʼrgazmasida muzokarlar oʼtkazib, hamkorlik qilish boʼyicha kelishuv shartnomalarini imzolashga kelishib olindi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalaridan iborat delegatsiya tarkibida Oʼzbekistonga tashrif buyurib, mamlakatimiz ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishish boʼyicha fikr almashildi.
Uzcharmsanoat