Fashion Style Russia:Mahalliy korxonalarning xorijdagi muvaffaqiyati

06.09.2023

Fashion Style Russia:Mahalliy korxonalarning xorijdagi muvaffaqiyati

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Fashion Style Russia” 3- xalqaro yengil sanoat koʼrgazmasi oʼz ishini boshladi. Unda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo 10 dan ortiq korxonalar 100 ga yaqin yangi turdagi mahsulotlar naʼmunalarini namoyishga qoʼygan.

Mazkur ko‘rgazmada mamlakatimiz korxonalari Rossiya bozori talabini yaxshiroq o‘rganish, kelgusi yilda ushbu bozorda dolzarb bo‘ladigan tendensiyalar bilan tanishish uchun yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi.

 Koʼrgazmaning dastlabki kunida koʼplab rus korxonlari tomonidan qorakoʼl mahsulotlariga, bolalar va ayollar poyabzaliga qiziqish bildirildi. Yana bir ahamiyatli jihati esa aksariyat Rossiya kompaniyalari Oʼzbekiston korxonalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini namoyishga qoʼygan.

 Jumladan, Rossiyaning “Красная Ветка”  korxonasi Qoʼqondagi korxona bilan birga ishlab chiqarayotgan bolalar va ayollarga moʼljallangan sport poyabzallari bilan ishtirok etmoqda. Rus tadbirkorining soʼzlariga koʼra kelgusi yildan barcha ishlab chiqarish jarayonlari Oʼzbekistonga ko'chilar ekan.

  “Караван-CK” korxonasi ham oʼtgan yilda mamlakatimizda qoʼshma korxona ochib, charm mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshlagan edi. Oradan qisqa vaqt oʼtib, Oʼzbekiston xom ashyosidan yaratilgan tayyor charm xalqaro koʼrgazmada namoyish etilmoqda. Korxona ushbu davr oraligʼida eksportni ham yoʼlga qoʼyib ulgurgan.

 Koʼrgazma 8 sentyabrga qadar davom etadi.

 

Uzcharmsanoat