EXPO CENTRAL ASIA 2023:MINTАQАNING IQTISODIY SALOHIYATI

15.09.2023

EXPO CENTRAL ASIA 2023:MINTАQАNING IQTISODIY SALOHIYATI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 14-15 Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon taklifi bilan mazkur mamlakatda amaliy tashrif bilan boʼldi. Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʼarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlarining yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Shuningdek, Oʼzbekiston Prezidenti ikki tomonlama muzokaralar oʼtkazdi. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining 5-Maslahat uchrashuvi doirasida besh mamlakatning sanoat, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalardagi yutuqlari aks etgan “Expo Central Asia 2023” koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi. Koʼrgazmadan koʼzlangan maqsad har bir mamlakatning ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarini namoyish etish va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʼrtasidagi savdo hamkorligini mustahkamlashdan iborat.

2310 kv. metr maydonga ega Tojikiston sanoat mahsulotlari zalida 150 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari, jumladan charmsanoat, toʼqimachilik, avtomobilsozlik, konchilik, energetika, axborot texnologiyalari, qishloq xoʼjaligi tarmoqlarining 90 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Xususan “Made In Uzbekistan” jamoaviy stendida mamlakatimiz charmsanoat yutuqlari ham namoyishga qoʼyildi. 

 Koʼrgazmada “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboev davlat rahbarlariga mamlakatimiz charmsanoatining ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati, soʼngi yillarda tarmoqning oʼsish dinamikasi, olib borilayotgan islohotlar natijalarini taqdim etdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetkachilariga jahonning nufuzli poyabzal brendlarini Oʼzbekistonga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti oʼtkazildi. Bundan tashqari koʼrgazma doirasida charmsanoat sohasida qoʼshni davlatlar bilan oʼzaro savdo-sotiq koʼrsatkichlar, hamkorlikda amalga oshirilayotgan sarmoyaviy loyihalar, eksport boʼyicha maʼlumot berildi.

Xususan, Oʼzbekiston charmsanoat sohasi korxonalari umumiy qiymati 112 mln. dollarlik 60 ta loyihani aynan MDH davlatlari bilan amalga oshirmoqda. Shundan, 60,2 mln dollarlik 15 ta loyiha Qirgʼiziston, 34 mln.dollarlik 12 ta loyiha Qozogʼiston, 30 mln.dollarlik 5 ta loyiha Tojikiston, 18 mln.dollarlik 4 loyiha Turkmanisiton respublikalari bilan amalga oshirilmoqda. 

 Oʼzbekistondan qoʼshni davlatlarga mahsulot yetkazib berish hajmi ham sezilarli ortgan. Jumladan, Qirgʼiziston bilan 60,2 mln.dollar, Qozogʼiston bilan 45,6 mln. dollar, Tojikiston bilan 25,4 mln dollar, Turkmaniston bilan 15,4 mln dollarlik eksport shartnomalari mavjud.

 Shuningdek, “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboev Markaziy Osiyo mamlatlari charmsanoat va tekstil sohasidagi davlat idoralari va birlashmalari rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʼyicha muzokaralar oʼtkazdi. Аmalga oshirilayotgan loyihalar koʼlamini kengaytirish boʼyicha tashabbuslar ishlab chiqildi.  Koʼrgazma doirasida charmsanoat sohasida manfaatli va oʼzaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, qoʼshma loyihalarni tez fursatda xayotga joriy qilish boʼyicha har bir davlat rahbari mutasaddilarga koʼrsatmalar berdi.

Uzcharmsanoat