"SIRDARYO-XITOY" BIZNES FORUMI: VOQELIK VA USTIVORLIKLAR

27.06.2023

"SIRDARYO-XITOY" BIZNES FORUMI: VOQELIK VA USTIVORLIKLAR

Joriy yilning 25 may kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi "Tadbirkorlar va hunarmandlar" markazida "Sirdaryo - Xitoy" biznes forumi bo`lib o`tdi. Mazku forum Prezidentimizning Xitoy tajribasiga tayangan holda Sirdaryoni “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbusining amalda boshlanganini anglatadi. 

Shuningdek, forum ikki mamlakat biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish va o‘sish nuqtalarini aniqlash uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.

Forum ishiga parallel ravishda qo‘shma korxonalar va mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat, charm-poyabzal, qishloq xo‘jaligi hamda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

        Ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari charmsanoat sohasida ham shiddat bilan rivojlanib bormoqda. O`zaro munosabatlarning dinamik o`sishi natijasida Xitoy kapitali asosida mamlakatimizda yangi qo`shma korxonlar ish boshlamoqda. Eksport hajmi kengaymoqda.

Jumladan, 2018-2022 yillar kesimida olib qaraydigan bo`lsak mazkur vaqt oralig`ida Xitoy kapitali asosida umumiy qiymati 243,5 million dollarlik 53 ta investitsiya lohiyalari amalga oshirilgan. Xususan, tayyor charm, poyabzal, tag charm, charm-attorlik buyumlari, sport mahsulotlari, kimyoviy moddalar ishlab chiqarish yo`nalishlarida yirik quvvalar ishga tushirilib, mahsulotlarning ko`p qismi eksportga yo`naltirildi.

Ayni sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2023-2025 yillar uchun sohani rivojlantiish stratgiyasiga asosan XXR bilan umumiy qiymati 520 million dollar bo`lgan 135 ta loyiha amalga oshiriladi.

Eksport yo`nalishida ham o`sishni kuzatish mumkin. 2022 yilda soha korxonalari tomonidan Chin yurtiga 33,6 mln.dollarlik mahsulotlar eksport qilingan. 2023 yilda esa bu ko`rsatkich 46,7 mln.dollarga yetishi kutilmoqda. Taxlillarga ko`ra 2024 yilda 60,3 mln.dollarlik ekport amalga oshirilsa, 2025 yilda bu hajm 87,1 mln.dollarga yetishi kutilmoqda.

        Sirdaryoda bo`lib o`tgan biznes forum esa ushbu ko`rsatkichlarni yanada oshirish, savdo-iqtidodiy aloqalarning kengayishiga xizmat qildi.

Uzcharmsanoat