TURKIYA TADBIRKORLARI O‘ZBEKISTONDA O‘Z FAOLIYATINI KENGAYTIRADI

20.06.2023

TURKIYA TADBIRKORLARI O‘ZBEKISTONDA O‘Z FAOLIYATINI KENGAYTIRADI

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Turkiyadan kelgan investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokama markazida terini qayta ishlash bo'yicha yangi loyihani ishga tushirish masalasi bo`ldi.

        Uchrashuvda mehmonlarga charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari haqida ma’lumotlar berildi. Prezident qaroriga bilan, O‘zbekistonning 16 ta hududida bunday KSZ tashkil etilmoqda. Hududlardagi KSZdagi sharoitlar barcha zarur kommunikatsiya, jumladan, elektr ta'minoti tarmoqlariga va tegishli kommunal xizmatlarga ulanishni o'z ichiga oladi.

Bu hududlarga charm-poyabzal sanoati korxonalari, sanoat uchun kimyoviy moddalar va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish rejalashtirilgan. Bu tarmoqlararo samarali hamkorlikni ta’minlaydi.

        Ma’lumot uchun: Ayni damda O‘zbekistonda turkiyalik investorlar ishtirokida umumiy qiymati 46,7 mln.dollarlik 6 ta investitsiya loyihasi amalga oshirish bosqichida.

Yig‘ilishda yangi loyiha tafsilotlari, tadbirkorlik sub’ektlarining davlat tomonidan tizimli qo‘llab-quvvatlanayotgani, yaratilgan qulay mehnat sharoitlari haqida fikr almashildi. Investorga zavod qurilishi uchun turli hududlar taklif etilib, ularning har birining xususiyatlari va afzalliklari tushuntirildi.

        Turkiyalik hamkorlar yangi investitsiya loyihasining kelajakdagi manzilini aniqlash uchun charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashtirilgan bir qator maxsus kichik sanoat zonalariga tashrif buyuradi.

 

Uzcharmsanoat