Аvtomobil sanoati uchun tayyor charm yetkazib berish masalasi koʼrib chiqildi

19.04.2023

Аvtomobil sanoati uchun tayyor charm yetkazib berish masalasi koʼrib chiqildi

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi hamda “Oʼzavtosanoat” АJ hamkorligida milliy avtomobilsozlik sanoatimiz uchun tayyor charm yetkazib berish borasida oʼzaro kooperatsiyani rivojlantirish maslasiga qaratilgan videokonferens-aloqa shaklida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Unda Uyushmaga aʼzo charm ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etdi.

 Qayd etish kerak, bugungi kunda mamlakatimizda 3 mln donadan ortiq avtomobillar ishlab chiqarilgan. Oʼtgan yilda “Oʼzavtosanoat” АJ tomonidan 320 ming turli rusmdagi avtoulovlar xaridorlarga yetkazib berilgan. Kelgusi yillarda bu raqam 500 mingdan oshishi kutilmoqda. Bu oʼz navbatida avtomobilning rul chambaraklari uchun zarur boʼlgan tabiiy charmga boʼlgan talabni oshirmoqda. Аyni yoʼnalishdagi hamkorlik masalasi tadbirkorlar bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda batafsil muhokama qilib olindi.

Qayd etish kerak, Tracker/Onix rusmli avtomobil uchun bir yilda 320 mingta rul chambaraklari ishlab chiqariladi. Unga ishlatiladigan charmning umumiy hajmi esa umumiy 9 208 metr kvni tashkil etadi. Toʼrt qoplamali rul chambarakalari uchun zarur boʼlgan charm mahsulotlari esa Oʼzbekiston korxonalarida ishlab chiqariladi. Faqatgina buning uchun mahalliy korxonalarimiz maxsus serifikatlarni oʼz korxonalarida joriy etishlari lozim. Shu kunga qadar Uyushmaga aʼzo 10 dan ortiq korxona mahalliy avtosanoatimizga mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Kelgusida ularning soni yanada ortishi kutilmoqda. 

Muloqotda rul chambarakalari uchun zarur boʼlgan charmni tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarishdagi texnik parametrlar, kimyoviy qoʼshimchalar tarkibi, charmning yuza qismi silliqligi kabi jihatlar “Oʼzavtosanoat” АJ vakillari bilan atroflicha muhokama qilib olindi.

Uchrashuv soʼngida hamkorlikda kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali nafaqat rul uchun balki, avtomobilning salon qismi uchun ham zarur charm mahsulotlarni oʼzimizda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uzcharmsanoat