3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni

04.12.2023

3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3 dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.

Yangi Oʼzbekistonning har bir aʼzosi bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, oʼz isteʼdod va qobiliyatini roʼyobga chiqarish, mehnat bilan band boʼlish uchun zarur imkoniyatlarga ega boʼlishi shart.

Mehr-muruvvatli va bagʼrikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga eʼtibor va gʼamxoʼrlik koʼrsatishni jamiyatda tinchlik, doʼstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida eʼzozlab keladi.

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi ham davlatimiz rahbari boshlab bergan xayrli tashabuslarga yelkadosh boʼlib, nogironligi boʼlgan insonlarni charmsanoat sohasiga ham jalb etgan xolda ularni bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari va yirik korxonalarda ishlashlari boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Аna shunday xayrli ishlarning navbatdagisiga ham start berildi.

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo “Ulkan-Laziz” MChJ hamda Ixtisoslshatirilgan 1-son kasb-hunar maktabi oʼrtasida imzolangan uch tomonlama shartnomaga asosan endilikda maktabning charm-poyabzal mahsulotlarini tayyorlash yoʼnalishida taʼlim olayotgan yigit-qizlar buyurtma asosida charm-attorlik, poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaradilar.

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi raisi F.Boboev 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etib, bu yerda oʼqiyotgan yoshlarga charmsanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda zarur boʼlgan tikuv mashinalarini topshirdi.

Tabrik soʼzida Uyushma raisi kelgusida bu hamkorlik butun respublika boʼylab omlashatirilishini, charmsanoat korxonalarini yanada keng jalb etilishini takidlab, yoshlarning oʼqish va ishlariga omadlar tiladi.

Imzolangan shartnomaga asosan maktabga “Ulkan-Laziz” MChJ tomonidan zarur xom ashyolar yetkazildi. Bu yerda taxsil olayotgan yigit-qizlar belgilangan buyurtmalarni ishlab chiqarishlari uchun zarur texnik baza Uyushma tomonidan yangilandi. Eng muhimi yoshlar endi bilim olish bilan birga daromadli ham boʼlishdi. Yaʼni korxona ularga oylik maoshlarini toʼlab boradi. 

“Oʼzcharmsanoat” uyushmasi olididga asosiy maqsad jamiyatimizning eng koʼp yordamga muxtoj qatlami boʼlgan bu insonlarning jamiyatda oʼz oʼrni, aytidgan soʼzi boʼlishini va hech kimdan kam emasligini xis qilib yashashlarini taʼminlashdir.

Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli boʼlgan 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi va koʼp sonli tadbirkorlarimiz nomidan mamlakatimizdagi imkoniyati cheklangan va nogironligi boʼlgan fuqarolarimizga hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimzni bildirib qolamiz.

Uzcharmsanoat