“MDH iqtisodiy rivojlanish biznes markazi” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari o`zaro hamkorlikni kengaytiradi.

18.12.2023

“MDH iqtisodiy rivojlanish biznes markazi” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari o`zaro hamkorlikni kengaytiradi.

14 dekabr kuni Moskva shahrida “MDH iqtisodiy rivojlanish biznes markazi” hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Uchrashuv samarali va konstruktiv ruhda kechdi. Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

        Muloqotda ikki davlat o`rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo aylanmasini hozirgi ko`rsatkichdan oshirish bo`yicha fikr almashildi. Uchrashuvda O`zbekiston tomoni Rossiyalik investorlarni mamlakatimizga yanada keng jalb etish, Rossiya kopitali asosida qo`shma loyihalarni amalga oshirish, Rossiya charm sanoati korxonalari bilan “Autsorsing” va “Franchayzing” asosida mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, O`zbekiston korxonalariga logistika hizmatlarini ko`rsatish tizimini yaratish, Rossiyada mamlakatimiz korxonalari uchun savdo uylarini tashkil etish masalalari bo`yicha o`z tashabbuslarini bildirdi.

        “MDH iqtisodiy rivojlanish biznes markazi” uyushmasi rahbariyati o`z navbatida ushbu tashabusslar bugungi kunda o`ta muhimligini, ikki davlat o`rtasida ayni sohada hamkorlikni kengayitirish uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar mavjudligini bildirdi. Qayd etilganidek, Rossiya charm sanoati korxonalari bugungi kunda O`zbekistondan charm-poyabzal va mo`yna mahsulotlarining haridini oshirgan. Hamkorlikni yanda shaffof va ochiq bozor talablariga keltirish uchun savdo uylarini tashkil etish bo`yicha hamkorlikka tayyor ekanligini ma`lum qildi.

        Uchrashuvda logistika hizmatlarini tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xozirda O`zbekistondan olib kelinayotgan charm-poyabzal mahsulotlarini yetkazib berishda logistika bilan bog`liq masalalar borligi, ularni bartaraf etishda har ikki davlat korxonalari uchun logistika xizmatlarini ko`rsatuvchi kompaniya yoki firmalar faoliyatini yo`lga qo`yish lozimligi aytildi.

        Muloqot yakunida MDH iqtisodiy rivojlanish biznes markazi” hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmalari o`rtasida o`zaro anglashuv bo`yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Moskvadagi uchrashuv “MDH mamlakatlari iqtisodiy rivojlantirish biznes markazi” uyushmasi va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Uzcharmsanoat