Soxa korxonalarining eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish.

13.11.2023

Soxa korxonalarining eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish.

  “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va “World Textile Marketing Agency” agentligi o’rtasida soxa korxonalarining eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish mavzusi yuzasidan muzokara bo’lib o’tdi.Uchrashuv avvalida agentlik vakillariga mamlakatimiz charmsanoat sohasidagi islohotlar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati to‘g‘risida maʼlumot taqdim etildi.

Ma’lumot uchun : “World Textile Marketing Agency” agentligi 2019 yilda marketing, to‘qimachilik sanoati, veb-dasturlash, kiyim-kechak dizayni va nashriyot sohasidagi yosh mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan.Agentlik maqsadi yengil sanoat va charmsanoati korxonalarini yangi bosqichga olib chiqish, boshqacha aytganda, bu marketing inqilobi, original reklama g‘oyalarini yaratish, samarali strategiyalar va ularni sanoat korxonalari uchun professional tarzda amalga oshirishdan iborat.

Bugungi kunga qadar agentlik respublikamizning bir qator ko‘zga ko‘ringan korxonalari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Ulardan, “Saas reks invest” , “White cotton”, “Plasteks” va “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo “Orient Technology” korxonalarini misol qilsak bo’ladi. Muloqat yakunida agentlik vakillari bilan charm-poyabzal va mo’ynachillik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning tashqi bozorlarga chiqish, o‘z xamkorlariga ega bo’lish hamda xorijiy bozorlarga ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan kirib borish yo’nalishlarida muhim sanalgan veb-saytlarini yaratishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

Uzcharmsanoat