Davra suhbati

24.10.2023

Davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini 34 yilligini nishonlash maqsadida joriy yilning 24-oktabr kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasida  “O‘zbek tilining kelib chiqish tarixi, xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, o‘zbek tilining go‘zalligi va sofligini saqlash to‘g‘risida”gi mavzuda “Davra suhbati” tashkil etildi.
Mazkur “Davra suhbati”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbirda adabiyotshunos olim, jurnalist, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” Shuxrat Rizayev ma’ruza qildi.

Uzcharmsanoat