ASSOMAC O‘ZBEKISTONDA TA’LIM LOYIHASINING AMALIY BOSQICHINI BOSHLADI

17.10.2023

ASSOMAC O‘ZBEKISTONDA TA’LIM LOYIHASINING AMALIY BOSQICHINI BOSHLADI

“UzCharmExpo-Eurasia – 2023” 15-xalqaro koʻrgazmasi doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboev Italiyaning poyabzal, charm buyumlar va charm ishlab chiqarish texnologiyalari milliy uyushmasi (Assomac) loyiha rahbari Aliche Vago bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishni modellashtirish bo‘yicha Italiya-O‘zbekiston loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Loyihani amalga oshirishdan maqsad mamlakatimiza ishlab chiqarish zanjirining to’liqligini ta`minlash va natijada O‘zbekistondagi zavodlarda tayyorlangan mahsulotlar jahon bozorining talab va standartlariga javob bersin.

Tomonlar ushbu loyihani Turin politexnika universiteti bazasida amalga oshirishni rejalashtirgan. U yerda poyabzal ishlab chiqarish sohasidagi texnologlarning malakasi oshiriladi.

Italiya tomoni ushbu maqsadlar uchun 1,5 million yevro sarmoya ajratadi. Kelgusida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini baholovchi laboratoriya tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Uzcharmsanoat