ALIBABA.COM O‘ZBEKISTON MILLIY PAVILIONINI ISHGA TUSHIRDI

22.09.2022

ALIBABA.COM O‘ZBEKISTON MILLIY PAVILIONINI ISHGA TUSHIRDI

XXRda nufuzli elektron savdo tarmog‘i  Alibaba.comda O‘zbekiston Milliy pavilionining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy pavilionidan 50dan ortiq mahalliy kompaniyalarning 4800dan ziyod mahsulotlari o‘rin olgan. Ular orasida yurtimiz charm-poyabzal korxonalarining mahsulotlari ham mavjud.

Bugungi kunda 300 dan ortiq eksportyor korxonalar xorijga 4000 nomdagi mahsulotlarni yetkazib bermaoqda. O‘zbekistonning yirik marketpleysga kirishi yana 200 dan ortiq korxonalarning eksport faoliyati bilan shug‘ullanishiga va xorijga yuborilayotgan mahsulotlar turini 1000 taga ko‘paytirshga imkoniyat yaratadi. 

Maʼulmot uchun: Alibaba.com- bu Xitoyning yirik elektron tijorat platformasidir.  Uning yillik daromadi 106 milliard dollarni tashkil etadi.  Asosiy faoliyati kompaniyalar va V2V o‘rtasida   chakana savdolarni onlayn tashkil etishdan iboratdir.  MDHdavlatlari orasida O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan so‘ng Alibaba.comda ochilgan uchinchi paviliondir. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston charm-poyabzal sanoati korxonalarining ommabop onlayn savdo maydonchasiga kirishi yeksport hajmini qo‘shimcha 50-80 million dollarga oshiradi. Poyabzal, charm buyumlar, mo‘ynali kiyimlar yeksporti geografiyasini kengaytiradi. Ulgurji va chakana savdo korxonalari, shuningdek, 190 ga yaqin xorijiy davlatlarning bevosita isteʼmolchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini o‘rnatish orqali mahsulotlarni tez va oson sotishga xizmat qiladi.

Xozirgi vaqtda O‘zbekiston charm-poyabzal  va mo‘ynchalik korxonalari mazkur maydonchaga o‘z mahsulotlarini joylashtirishlarishni boshlagan. O‘zbekistonlik tadbirkorlarga platformadan foydalanish, savdolarni amalga oshirish bo‘yicha Xitoyning Alibaba.com kompaniyasining xodimlari amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Uzcharmsanoat