Joriy yilning 29 iyul kuni Bangladesh poytaxti Dakka shahrida O'zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha 3-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Muloqotda ikki mamlakat vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishda O'zbekiston charm-poyabzal va mo'yna sanoati vakillari, tadbirkorlar “O'zcharmsanoat” uyushmasi delegasiyasi tarkibida ishtirok etdi.
Mamlakatlararo muloqot doirasida tor doiradagi uchrashuvlar ham bo'lib o'tdi. Uyushma rahbariyati “DHAKA LEATHER CORPORATION” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi. Dakka kompaniyasi bilan O'zbekistondan tayyor charm mahsulotlarini eksport qilish, mamlakatimizga sarmoya jalb yetish masalasi muhokama qilindi. “NAFIS CHARM”, “PENG SHENG CHARM”, “HAMKOR NUR SAVDO” va “ANGREN CHARM” kabi korxonalarning tijorat takliflari taqdim yetildi. Uchrashuv yakunida O'zbekiston kompaniyalarining mahsulotlari na'munalarini Dakkaga yetkazib berish bo'yicha kelishuvga erishildi.
“APEX FOOTWEAR LTD” kompaniyasi vakillari bilan o'tkazilgan muloqotda O'zbekiston-Bangladesh qo'shma poyabzal korxonalarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Mazkur masalani batafsil muhokama qilish va “APEX FOOTWEAR” vakillarini O'zbekiston charmsanoati imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 12-14 oktabr kunlari bo'lib o'tadigan “UzCharmExpo-2022” kuzgi xalqaro ko'rgazmasiga taklif etildi.
Biznes-forum doirasida “Mehdi Mahbub” kompaniyasi bilan ham muzokaralar olib borildi. Qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun Bangladeshning charm-poyabzal sanoati korxonalarini O'zbekistonga jalb etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
«UzCharmExpo-2022» 13-xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi doirasida ham qo'shimcha muhokamalar o'tkazish rejalashtirilgan. O'zbekistonda bo'lib o'tadigan kuzgi ko'rgazmada Bangladeshning 10 dan ortiq poyabzal va charm ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda. “AMICO FOOTWEAR”, “BATA SHOE CO. LTD”, “BLISS FASHION & CRAFTS LTD” va “ANAN FOOTWEAR AND LEATHER GOODS LTD” kabi korxonalar bilan sarmoyaviy va eksport hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Uzcharmsanoat