“O`ZCHARMSANOAT” UYUSHMASI TA`LIM SOHASIDA TURKIYA BILAN HAMKORLIK QILADI

10.06.2022

“O`ZCHARMSANOAT” UYUSHMASI TA`LIM SOHASIDA TURKIYA BILAN HAMKORLIK QILADI

“O`zcharmsanonat” uyushmasi mamlakatimiz charm-poyzabzal va mo`ynachilik tarmog`i uchun malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`ygan. Shuningdek, xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan talabalar almashinuviga qaratilgan o`quv dasturi doirasida Belarus, Qozog`iston, Rossiya, Italiya OTMlari bilan homkorlikni davom ettirmoqda.

“O`zcharmsanonat” uyushmasi Turkiyaning EGE universiteti bilan olib borgan samarali muzokaralari hamda ta`lim sohasida doimiy aloqalarini yo`lga qo`yish bo`yicha say-harakatlari natijasida endilikda Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o`qituvchilari va talabalari akademik almashinuv dasturalarida ishtirok etadigan bo`ldi.

Joriy yilning 9- 10 iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida O'zbekiston va Turkiya texnika yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalari forumi bo’lib o’tdi. O`zbekiston delegatsiyasi tarkibi texnik va injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta’lim muassasalari vakillaridan tashkil topdi.

Mazkur forumda oliy ta'lim sohasidagi o’zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, texnik va injenerlik yo'nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini unumli tashkil etish, xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo'yicha amaliy tajriba almashish maqsad qilingan. 

Forum doirasida “O`zcharmsanoat” uyushmasi, EGE universiteti hamda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda uch tomonlama shartnoma memoramdumi imzolandi. Shuningdek, “Mavlono almashinuv” dasturi ham imzolandi. 
Mazkur hujjatlarning asosiy maqsadi - talabalar va professor-o'qituvchilarning akademik almashuvini tashkil etilishiga qaratilgan qo`shma o`quv dasturlarini samarali joriy etish hisoblanadi.

Uzcharmsanoat