“INNOPROM- Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi yengil sanoat boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqotda ikki davlat oʻrtasida charm-poyabzal sanoatida oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish va biznes loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama etildi.
Tojikiston Oʻzbekistonning charm-poyabzal sanoatidagi tajribasi, ishlab chiqarish zanjirining tashkil etilganigi bilan qiziqdi. Tojik tomoni takidlaganidek, mazkur mamlakatda sanoqli korxonalar mavjud. Asosan yarim tayyor charm mahsulotlar (WET-BLUE) ishlab chiqariladi va eksport qilinadi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarishda ancha ortda qolmoqda. Holbuki, tayyor mahsulotlarga talab yuqori. Ular asosan import orqali qoplanadi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish doirasida “Autsorsing” asosida bolalar va oʻsmirlar poyabzallarini xarid qilish boʻyicha aniq loyihalar ustida ish olib borish tashabbusi ilgari surildi. Shuningdek,Tojikistonnig oʻzida charm va poyabzal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun mataxassislarni jalb etish masalasi ham muhokama etildi. Tojikistonda qurilayotgan poyabzal korxonasi uchun Oʻzbekistondan tayyor charm yetkazib berish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot chogʻida ikki davlat tadbirkorlari ham ishtirok etdi. Uyushmaning koʻrgazmalar zalida mehmonlar uchun mahalliy tadbirkorlarimiz mahsulotlari namoyish etildi. Beznes portfel yangi loyiha va manfaatli aloqalar bilan toʻldirildi.
Tojikiston delegatsiyasi “Kovid-19” sabab yopilgan chegaralar ochilish bilan “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” yorligʻi ostidagi mahsulotlarni Todikistonlik yetkazib beruvchilar tomonidan xarid qilish boshlanadi. Bugun qoʻshni respublika bozoridagi yengil sanoat mahsulotlarining qariyb 80 foizi mamlakatimiz xissasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston mahsulotlari ham narx ham sifat jihatdan Tojikistonlik isteʼmolchilarga maqul kelmoqda. Poyabzal eksportga kelsak yaqin fursatda uning hajmi bir necha barobarga oshish rejalashtirilgan.
Uzcharmsanoat