“O'zcharmsanoat” uyushmasi, uning hududiy bo‘shqarmalari, shuningdek, charm-poyabzal va mo‘yna sanoati korxonalari “Charm sanoatidagi amaldagi standartlar va texnik reglamentlar, Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablari” onlayn vebinarida ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Turkiya standartlari instituti hamkorligida tashkil etildi.
Vebinarning maqsadi tinglovchilarni umumiy texnik tartibga solish sohasidagi, xususan, mahsulotlar uchun amaldagi standartlar va qonunchilik talablari bilan tanishtirishdan iborat. O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining aniq Texnik reglamentlari talablarini umumlashtirish va bunday talablarga muvofiqligini tasdiqlash jarayoni ushbu vebinarning asosiy xususiyati bo‘ldi.
Uchrashuvda mutaxassislar charm mahsulotlariga oid Yevropa va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi amaldagi talablar, sertifikatlashtirish, mahsulot sifati va xavfsizligini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tinglovchilarga batafsil ma’lumot berdi.
Vebinar yakunida ishtirokchilarning mavjud muammo va takliflari o‘rganildi, barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Uzcharmsanoat