YEVROPADAN- AFRIKAGACHA: OʻZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN CHARM POYABZAL MAHSULOTLARI DUNYO EʼTIBORID

31.03.2022

YEVROPADAN- AFRIKAGACHA: OʻZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN CHARM POYABZAL MAHSULOTLARI DUNYO EʼTIBORID

BAAning Dubay shahrida oʻz ishini boshlagan Osiyo Tinch okeani charm mahsulotlari APLF-2022 xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi. Qariyib 20 000 kvadrat metr maydonni egallagan mazkur xalqaro koʻrgazmada “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar jamoaviy stendi bilan ishtirok etmoqda. Milliy ekspozitsiyamizda uyushmaga aʼzo 10 dan ortiq korxona 100 dan ziyod mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

“APLF-2022” xalqaro koʻrgazmasi dunyo charmsanoati yutuqlarini oʻzida namoyon qiluvchi eng yirik anjuman sanaladi. Ayni vaqtda koʻrgamaza uchta yaʼni “Charm”, “Maxsus materiallar” va  “Moda olamiga qadam” mavzularini oʻz ichiga qamrab olgan. 15 ta milliy povilionda 500 ta kompaniya va firmalar 10 000 dan ortiq mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar ham tayyor charm, poyabzal, charm-attorlik buyumlari, jelatin kabi mahsulotlarini xorijiy hamkorlarga taqdim etmoqda.

Koʻrgazmaning dastlabki kunida charm-attorlik buyumlarini eksport qilish boʻyicha Portugaliya, Misr, Pokiston kabi davlatlar vakillari bilan muloqotlar oʻtkazildi. Tayyor charm yoʻnalishida Ispaniya, Xitoy, Turkiya, Italiya kompaniyalar bilan muzokaralar tashkil etildi.

“APLF-2022” xalqaro koʻrgazmasi doirasida xorijiy hamkorlar bilan eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Uzcharmsanoat