OʻZBEKISTON XORIJIY INVESTITSIYALAR UCHUN JOZIBADOR MAMLAKAT

26.03.2022

OʻZBEKISTON XORIJIY INVESTITSIYALAR UCHUN JOZIBADOR MAMLAKAT

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Saudiya Arabistonlik investor Xalil Al-Xalaf bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda asosiy eʼtibor Suadiyalik investorning Oʻzbekistonda charm-poyabzal sohasida yangi korxona ochish boʻyicha tashabbusini amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuv chogʻida xorijlik investor alohida qayd etdiki- “Oʻzbekistonda barqarorlik hukm surmoqda. Bugungi globallashuv davrida bu juda muhim. Valyuta bozorini liberallashtirish, transport-logistika tizimini yanada yaxshilash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston xorijiy sarmoyalar uchun jozibador mamlakatga aylangan”. Takidlanganidek, Oʻzbekistonda tadbirkorlikning barcha sohalari davlat tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanishi investorlarni yangi loyihalar sari ilhomlantirmoqda. Ana shunday yoʻnalishlardan biri bu charm-poyabzal tarmogʻidir.


Saudiyalik investor mamlakatimizda charm-poyabzal sanoati yoʻnalishada tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari bilan qiziqdi. Prezident qarori bilan tashkil etilgan bunday ixtisoslashtirilgan hududlarda barcha zarur infratuzilma, muhandislik kommunikatsiyalari mavjud.  Yana bir muhim jihat bir sanoatning turlik quvvatlari bitta joyda joylashishi ishlab chiqarish uchun xom ashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berishda vaqt hamda xarajatlarni kamaytiradi. Shuningdek, investorga mavjud tayyor ishlab chiqarish quvvatlari taqdim etiladi.

Muzokaralar chogʻida mehmon Fargʻona vilyaotiga safar uyushtirishi va u yerda poyabzal ishlab chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ekanligini maʼlum qildi.


Xalil Al-Xalaf Oʻzbekistonda “ketgut” tikuv materiallarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Ayni vaqtda mamlakatimizda bunday korxonalar mavjud emas. Lekin mahsulot ishlab chiqarish uchun yetarli xom ashyo bazasi bor. Bu esa loyihaning istiqboli va muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Uchrashuv yakunida ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha tashkiliy va amaliy masalalar muhokama qilib olindi.
 

Uzcharmsanoat