OʻZBEKISTON-BAA: MANFAATLI ALOQALARNING YANGI YOʻNALISHLARI

18.02.2022

OʻZBEKISTON-BAA: MANFAATLI ALOQALARNING YANGI YOʻNALISHLARI

Birlashgan Arab Amirliklarning Dubay shahrida davom etayotgan “EXPO 2020” butunjahon koʻrgazmasi doirasida tashkil etilgan  Oʻzbekiston-BAA biznes-forumda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalardan iborat delegatsiya ishtirok etdi.

Mazkur biznes-forum eng avvalo ikki davlat oʻrtasidagi  savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, strategik hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatimizga BAA sarmoyalarini keng jalb qilishga katta imkon yaratadi.


Maʼlumki BAA dunyo savdo tarmogʻida Arab davlatlari va Afrika mamlakatlari uchun darvoza, Yevropa va Osiyo mintaqasi uchun esa savdo koʻprigini bajarib keladi. Bu yerda charm-poyabzal mahsulotlar toʻliq xorijdan import qilinadi. Shu sababdan BAA Oʻzbekston uchun yaxshi bozor sanaladi.

Biznes-forum davomida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi BAAlik investorlar va moliya tashkilotlariga, sohaning ishlab chiqarish, sarmoyaviy va eksport salohiyati toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdi. Qayd etish kerak 2021-yildan boshlab, Oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar BAAning Dubay, Sharja, Ajman, Abu- Dabi shaharlariga bolalar va ayollar poyabzallarini eksportini boshlagan.


Misol uchun, Andijon viloyatidagi “KFK shoes” brendi BAAning Abu-Dabi shahriga erkaklar poyabzallarini eksport qilish boʻyicha shartnomaga erishgan. Ayni vaqtda naʼmunalar BAAga joʻnatilgan. Bundan tashqari Buxoro viloyatida joylashgan “MRR New Star 2020” brendi mahsulotlari esa BAAning yirik shaharlaridagi savdo tarmoqlarida sotilmoqda.
Umuman olganda boʻlib oʻtgan biznes-forum doirasidagi B2B uchrashuvlarda BAAning yirik savdo tarmoqlari va ulgurji savdo vakillari, investorlar mamlakatimizning charm-poyabzal tarmogʻiga katta qiziqish bildirdi. Shuningdek, manfaatli kelishuvlarga erishish boʻyicha muzokaralarga qadam tashlandi.

Uzcharmsanoat