#MadeInUzbekistan

17.08.2021

#MadeInUzbekistan

Bugun Oʻzbek-Fransuz korxonasi “Cofra” kompaniyasining mahsulotlari haqida maʼlumot beramiz. Kompaniya asosan Oʻzbekistonda qurolli kuchlari tizimiga, metolurgiya va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun maxsus poyabzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Qoʻshma korxona Fransiyaning “N.Pirie” va “Qoqon poyabzali” MCHJ hamkorligida 2001-yilda Qoʻqon shahrida tashkil etilgan. Fabrikaning umumiy maydoni 1260 kv.m unda 65 nafar ishchi mehnat qiladi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 120 ming juft poyabzal tayyorlashga moʻljallangan. Korxonaga oʻrnatilgan barcha uskunalar Rossiya, Germaniya va Italiyadan keltirilgan. Ayni vaqtda fabrikada qurolli kuchlar uchun maxsus poyabzallar, botinka va metalurgiya sanoati uchun kerakli oyoq kiyimlar tayyorlanmoqda. Korxona ishchilari yuqori malakali va koʻp yillik tajribaga ega.

“Cofra” poyabzallari qulaylik va gigiyenik talablarga toʻliq javob beradi. Mahsulotlar tabiiy charmdan ishlab chiqariladi. Mahsulot narxi 120 000 soʻmdan boshlanadi.

Uzcharmsanoat