CHARM-POYABZAL VA MOʻYNACHILIK TARMOGʻINING YIL SARHISOBI VA 2022-YIL UCHUN REJALAR

28.12.2021

CHARM-POYABZAL VA MOʻYNACHILIK TARMOGʻINING YIL SARHISOBI VA 2022-YIL UCHUN REJALAR

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasining markaziy apparati hamda uyushmaning hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish kun tartibidan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining 2021-yil yakunlari va 2022-yilga belgilab olingan ustuvor vaziflar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport, mahalliylashtirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, toʻlov intizomini mustahamlash masalalari oʻrin oldi. 


Dastlab “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining 2021-yilgi faoliyati tahlil qilindi. Joriy yilda soha korxonalari tomonidan ishlab chiqarish hajmi 4,4 trln. soʻmni tashkil etdi. Jumladan,  2021-yilda 1 milliard 617,5 million kv.dm charm mahsulotlari ishlab chiqarilib natijada yil boshidagi reja toʻliq bajarildi. 115 mln. juft poyabzal  va 112 mlrd. soʻmlik charm- attorlik mahsulotlari tayyorlandi. 


Shundan soʻng 2021-yilda mahalliylashtirish dasturi asosida olib borilgan ishlar yuzasidan masʼullarning taqdimotlari bilan tanishildi. Yil yakuni bilan 38 ta yangi loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida 63,5 milliard soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga erishildi. Natijada avvalari xorijdan olib kelingan poliuretan poyabzal tagliklar, PVX dan poyabzal tagliklari, plastifikator  DOF, “EVA” granulasi, jelatin kabi mahsulotlar oʻzimizda ishlab chiqarila boshlandi.


Investitsiya va eksport masalalari ham yigʻilishda atroflicha muhokama qilindi. Joriy yilda 437,1 mln. dollarlik mahsulotlar xorijga eksport qilingan. Yigʻilishda qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlari eksport hajmini yaqin yillarda 1,0 mlrd. dollardan oshirish boʻyicha soha mutasaddilariga koʻrsatmalar berilgan. Shu yilning oʻzida investitsiya va hududiy dasturlar doirasida qiymati 202 mln. dollarlik 204 ta loyiha amalga oshirildi. Bunda 76 mln.dollar sarmoya toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar xisoblanadi.

Uyushmaning kengaytirilgan yigʻilishida  toʻlov intizomini mustahkamlash borasida hududiy boshqarmalar tomonidan olib borilgan ishlar boʻyicha hisobotlar tinglandi. Qarzdorligi bor korxonalardan toʻlovlarni oʻz vaqtida unidirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 

Shuningdek, yigʻilishda 2022-yilgi ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. Jumladan kelgusi yilda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 4,8 trln. soʻmga yetkazish, investitsiya va hududiy dasturlar doirasida 136 ta loyihani amalga oshirish boʻyicha 218 mln. dollar sarmoyalarni oʻzlashtirish va sohaning eksport koʻrsatkichlarini 450 mln. dollarga yetkazish yuzasidan barcha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Uzcharmsanoat