114,1 MLRD SOʻMLIK KOOPERATSIYA SHARTNOMALARI

20.12.2021

114,1 MLRD SOʻMLIK KOOPERATSIYA SHARTNOMALARI

14-18-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Oʻzekspomarkaz” AJ milliy koʻrgazmalar majmuasida boʻlib oʻtgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi ham oʻzining jamoaviy stendi bilan ishtirok etdi. Sanaot yarmarkasida 30 ga yaqin charm-poyabzal va moʻynachilik tarmogʻi korxonalari 200 dan ortiq mahalliylashtirilgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarini namoyishga qoʻydi.


Qayd etish kerak, bugungi kunda Uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan mahalliylashtirish dasturi asosida 2021-yilda 38 ta loyiha amalga oshirilib, 63 mlrd.soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. 2022-yilda 34 ta loyiha ishga tushiriladi hamda 65 mlrd.soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar oʻzimizda tayyorlanadi. Mahalliylashtirish dasturi asosida tarmoqda 2021-yilda 64 ta korxona tomonidan 151,7 mln.dollarlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shundan 89,4 mln.dollari eksportga yoʻnaltirilgan boʻlsa, 62,3 mln.dollarlik mahsulot ichki bozor talablarini qondirishga yoʻnaltirildi.

Tarmoqlararo sanoat yaramarkasida ham manfaatli shartnomalar qoʻlga kiritildi. Jumlandan mahsulot sotish boʻyicha umumiy qiymati 62,8 mlrd soʻmlik 20 ta shartnoma imzolangan boʻlsa, mahsulot sotib olib boʻyicha 14 shartnoma imzolandi. Uning qiymati 51,3 mlrd. soʻmni tashkali etadi. Umumiy xisobda 114,1 mlrd. soʻmlik 38 ta shartnoma  kooperatsiya birjasida roʻyhatdan oʻtdi.


Tarmoqlararo sanoat yaramarkasida faol ishtiroki va yangi turdagi mahalliylashtirlgan mahsulotlar taqdimoti boʻyicha “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Umuman olganda mazkur sanoat yarmarkasi soha korxonalari  uchun yangi hamkorlar topish va savdo aloqalarini yanada kengaytirish boʻyicha yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qildi.

Uzcharmsanoat