Rossiyaning  O'zbekistondagi savdo vakolatxonasi vakillari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasida

28.03.2023

Rossiyaning O'zbekistondagi savdo vakolatxonasi vakillari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasida

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasida  Rossiyaning  O'zbekistondagi savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo’lb o’tdi. Muloqotda asosiy eʼtibor sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuv avvalida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati tomonidan Rossiya tomoniga davlat tomonidan mamlakatimizda charm-poyabzal sohasida berilayotgan eʼtibor, chet-el investorlari uchun yaratilgan imkoniyat va yengilliklar, sohaning salohiyati, xom ashyo zaxirasi toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston-Rossiya oʼrtasida charm-poyabzal va moʼynachilik tarmogʼida manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish boʼyicha qator tashkiliy va amaliy masalalar muhokama qilib olindi.

Shuningdek, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, mamlakatimizda eksport loyihalarini ilgari surish, investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb etishga koʻmaklashish, koʻrgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etishda yordam va qo'llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

2022 yil mobaynida Rossiya Federatsiyasiga mamlakatimizdan charm-poyabzal mahsulotlarining eksport hajmi keskin ortdi.

Jumladan, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega (bolalar, erkaklar, maxsus poyabzal), charm-attorlik, qorako’l, tayyor charm mahsulotlari ulushi 2021 yilga nisbatann 3,6 barobarga oshdi.

Muloqot yakunida Rossiyaning savdo vakillari bilan mazkur mamlakat kompaniyalarining Oʻzbekistonda charm-poyabzal koʻrgazmalarida ishtirok etishini ta'minlash yuzasidan muzokaralar bo'lib o'tdi.

 

Uzcharmsanoat