Janubiy Koreyaning Seul shahrida “International Fur and Leather Expo-2023” koʼrgazmasi oʼz ishini boshladi. Unda “Oʼzcharmsanoat” uyushmasiga aʼzo moʼyna va jun mashulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, qorakoʼl va moʼyna mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Trillion dollarlik bozorga ega Janubiy Koreya mezbonlik qilayotgan mazkur koʼrgazmada ilk bor Oʼzbek qorakoʼl va moʼyna mahsulotlari xalqaro bozor va hamkorlarga taqdim etilmoqda. Yangi kollektsiyalar jahon moʼyna ishlab chiqaruvchilarida katta qiziqish uygʼotmoqda.
Koʼrgazmaning dastlabki kunida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi hamda xalqaro moʼyna federatsiyasining (IFF) prezidenti Jonnes Manakas oʼrtasida muzokara boʼlib oʼtdi. Muloqotda Oʼzbek qorakoʼl va moʼyna mahsulotlarini xalqaro auktsionlarga olib chiqish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash boʼyicha fikr almashildi. Shuningdek, IFF rahbari tomonidan qorakoʼl mahsulotlarini nafaqat MDH balki Yevropa bozorlariga olib chiqish boʼyicha takliflar bildirildi. GSP+ preferentsiyalar tizimidan foydalangan xolda Yevropa bozorlarida qorakoʼl va jundan tayyorlangan tayyor mahsulotlar auktsionlarini tashkil etish boʼyicha kelishuvga erishildi.
Turkiyaning “Emelda” komaniyasi esa Oʼzbekistondan qorakoʼl mahsulotlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Milliy brendimiz “Asian Furs” kompaniyasi bilan boʼlib oʼtgan muzokaralarda turk kompaniyasi qorakoʼl mahsulotlarini Turkiya bozoriga yetkazib berish boʼyicha takliflarni ilgari surdi.
Muloqotda qorakoʼl mahsulotlarini sifati yuqori ekanligi, bugun bu turdagi tabiiy mahsulotlarga xalqaro moʼyna bozorida talab ortib borayotgani takidlandi. Аprel oyida Toshkentda boʼlib oʼtadigan “UzCharmExpo – ShoesStar – EURASIA2023”xalqaro koʼrgazmasida Oʼzbekiston va Turk kompaniyasi oʼrtasida eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Koʼrgazma davomida, mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz Kanada, Koreya, АQSh kompaniyalari bilan qator muzokaralar oʼtkazishi rejalashtirilgan.
Uzcharmsanoat